O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li
2. Boshlang‘ich ta’limda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi Mazkur mazvularni o‘zlashtirish boshlang‘ich ta’lim bitiruvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi: Sonlar va hisoblashlar:
Narsalarni sanash. 1 dan 1 000 000 gacha ketma-ket kelgan sonlar qatori va nol soni, ularning nomi va yozilishi. Sinflar va xona birliklari.
Sonlar uchun “teng” , “katta” va “kichik” munosabatlari va ularning mos belgilar bilan yozilishi;
Sonlar ustida og‘zaki va yozma hisoblashlar. Hisoblashlarni bajarishda arifmetik amallarning xossalaridan foydalanish. Arifmetik amallarning noma’lum ikkinchi komponenti (tashkil etuvchisi)ni topish. Hisoblashlarning to‘g‘riligini tekshirish;
Uzunlik, massa va sig‘im kabi xususiyatlariga ko‘ra narsalarni taqqoslash va tartibga solish; uzunlik o‘lchov birliklari (millimetr, santimetr, ditsemetr, metr, kilometr). Massa o‘lchov birliklari (gramm, kilogramm, sentner, tonna). Sig‘im o‘lchov birligi (litr). Vaqt o‘lchov birliklari (sekund, minut, soat, hafta, oy, yil, asr);
Harakat (bosib o‘tilgan yo‘l, vaqt, tezlik); ish (butun ishning hajmi, vaqt, mehnat unumdorligi); savdo-sotiq (tovar miqdori, uning narxi va umumiy qiymati) jarayonlarini aniqlaydigan kattaliklar orasidagi bog‘lanishlar;
“…va…”, “... Yoki...”, “agar… bo‘lsa, u holda … bo‘ladi” ko‘rinishidagi eng sodda mantiqiy ifodalar;
Turli sxemalar, jadvallar, qisqa yozuvlar va boshqa modellar asosida berilgan matnli masalalarni arifmetik usul bilan echish;
yuqori – past, chap – o‘ng, usti – osti, yaqin – uzoq, oldida – orqasida, oldin-keyin, orasida va h.k. fazoviy munosabatlar;
Geometrik shaklllar
geometrik shakllar: nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, ko‘pburchaklar, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchaklar. aylana va doira, kub va shar. kesma uzunligini o‘lchash va berilgan uzunlikdagi kesmani yasash.
ko‘pburchak perimetrini hisoblash. geometrik shakl yuzi. yuz o‘lchov birliklari (santimetr kvadrat, ditsemetr kvadrat, metr kvadrat). to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini hisoblash.