O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li
3-sinf o‘quvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar 3-sinf yakunida matematikani o‘rganish natijasida har bir o‘quvchi quyidagilarni bilishi va tushunishi zarur:
1 dan 1 000 gacha bo‘lgan ketma-ket kelgan sonlar qatori;
1 dan 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish;
sonlarni bir xonali sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish;
sonli ifodalarda amallarni ketma-ket bajarish qoidalarini bilish;
uzunlik o‘lchovi birligi kilometr va uning belgilanishi (km) haqida tasavvurga ega bo‘lish;
uzunlik o‘lchovi birliklari orasidagi munosabatlar;
yuz o‘lchovi birligi kvadrat detsimetr va uning belgilanish (kv. dm) haqida tasavvurga ega bo‘lish;