səhifə 54/81 tarix 27.06.2022 ölçüsü 0,54 Mb. #62402
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li
G eometrik shaklllar
geometrik shakllar: nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, ko‘pburchaklar, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchaklar, aylana va doira, kub va shar , kesma uzunligini o‘lchash va berilgan uzunlikdagi kesmani yasash.
ko‘pburchak perimetrini hisoblash. geometrik shakl yuzi, yuz o‘lchov birliklari (santimetr, kvadrat, detsimetr, kvadrat, metr kvadrat ,)
Boshlang‘ich maktab 4-sinf bitiruvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar
4-sinf yakunida matematikani o‘rganish natijasida har bir o‘quvchi quyidagilarni
bilishi va tushunishi zarur:
1 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan ketma-ket kelgan sonlar qatori haqida tasavvurga ega bo‘lish;
bir xonali sonlarni qo‘shish va mos ayirish jadvallarini yoddan bilish ;
bir xonali sonlarni ko‘paytirish va mos bo‘lish jadvallarini yoddan bilish;
sonli ifodalarda amallarni ketma-ket bajarish qoidalarini bilish;
sonlarni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida yozish ;
B ajara olishi zarur:
1 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan sonlarni va nol sonini o‘qish, yozish va taqqoslash,
sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash;
o‘rganilgan matematik atamalardan o‘rnida foydalanish ;
1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida amallarni og‘zaki bajarish ;
1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida amallarni bajarishga keltiriladigan ko‘p xonali sonlar ustida amallarni og‘zaki bajarish;
1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida qoldiqli bo‘lishni bajarish;
100 gacha bo‘lgan sonlarni ustun shaklida yozma qo‘shish va ayirish;
nol bilan tugaydigan songa ko‘paytirish va bo‘lish;
100 gacha bo‘lgan sonlarni ustun shaklida ikki va uch xonali songa yozma ko‘paytirish va bo‘lish;
2-3 amalli sonli (qavsli va qavssiz) ifodalarning qiymatini topish;
bajarilgan hisoblashlar to‘g‘riligini tekshirish ;
sonli ifodalarda amallarni bajarish tartibiga ko‘ra qavs qatnashgan va qavs qatnashmagan sonli ifodalarning qiymatini topish;
sodda tenglamalar: noma’lum qo‘shiluvchi, noma’lum ayriluvchi, noma’lum kamayuvchi , noma’lum ko‘paytuvchi, noma’lum bo‘linuvchi va noma’lum bo‘luvchini topishga doir tenglamalarni yechish;
matnli (ikkitadan ko‘p bo‘lmagan amallarni bajarish bilan yechiladigan) masalalarni yechish;
o‘rganilgan geometrik shakllarni tanish va ularni (chizg‘ich yordamida yoki qo‘lda) katakli qog‘ozga chizish;
to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadratning perimetrini hisoblash ;
kattaliklarni ularning son qiymatlariga ko‘ra taqqoslash va ularni turli o‘lchov birliklarida ifodalash;
aralash o‘lchov birliklarida berilgan kattaliklarni qo‘shish va ayirish hamda ularni songa ko‘paytirish va bo‘lish;
“…va…”, “... yoki...”, “agar… bo‘lsa, u holda … bo‘ladi” ko‘rinishidagi eng sodda mantiqiy ifodalarni to‘g‘ri tuza olish;
Dostları ilə paylaş: