O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li
4- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi 4-sinf yakunida mazkur mazvularni o‘zlashtirish o‘quvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi: Sonlar va hisoblashlar:
1 dan 1 000 000 gacha ketma-ket kelgan sonlar qatori, ularning nomi va yozilishi. birlar va minglar sinfi va ularning xona birliklari.
sonlar ustida og‘zaki va yozma hisoblashlar. hisoblashlarni bajarishda arifmetik amallarning xossalaridan foydalanish. arifmetik amallarning noma’lum ikkinchi komponenti (tashkil etuvchisi)ni topish. Hisoblashlarning to‘g‘riligini tekshirish;
massa o‘lchov birliklari (gramm, kilogramm, sentner, tonna). sig‘im o‘lchov birligi (litr). vaqt o‘lchov birliklari (sekund, minut, soat, hafta, oy, yil, asr);
harakat (bosib o‘tilgan yo‘l, vaqt, tezlik); ish (butun ishning hajmi, vaqt, mehnat unumdorligi); savdo-sotiq (tovar miqdori, uning narxi va umumiy qiymati) jarayonlarini aniqlaydigan kattaliklar orasidagi bog‘lanishlar;
“…va…”, “... yoki...”, “agar… bo‘lsa, u holda … bo‘ladi” ko‘rinishidagi eng sodda mantiqiy ifodalar;