Rivojlantiruvchi mashqlar.
Namuna bo‘yicha berilgan zich chiziqli shakllarni yasash (“Tangram” o‘yini) murakkablashtirilgan variantlar.
Berilgan qatorni davom ettirishga doir mashqlar.
O‘ylab topishga (topqirlikka) doir topshiriqlar.
18 ichida bir xonali sonlarni o‘nlik orqali o‘tib ayirish (21 soat) Bo‘laklab hamda qo‘shish va ayirishning o‘zaro aloqalari asosida ayirishning umumiy usuli. 11- o, 12- o, 13- o, 14- o, 15- o, 16- o, 17- o, 18- o ko‘rinishdagi ayirish.
Qo‘shish va ayirish yordamida sonlarni taqqoslash.
18 ichida bir xonali sonlarni ayirish jadvali.
Yig‘indini va ayirmani topishga doir tarkibli masalalar.
Tarkibli masalalarni ifodalar yordamida yechish.
Masalalar yechimlarini taqqoslash.
Arifmetik masalalarning shartini o‘zgartirish (qayta tuzish).
Vaqt birliklari: soat, minut. Ular orasidagi munosabat. Soat bo‘yicha vaqtni minutgacha aniqlash.
Geometrik shakllarning ko‘rinishini o‘zgartirish.
Rivojlantiruvchi mashqlar. Boshqotirma: berilgan sondagi cho‘plarni olish yoki o‘rnini o‘zgartirish yo‘li bilan shakllarni o‘zgartirish.
Berilgan zirh chiziqlari asosida shaklni qayta tiklash (kvadrat to‘g‘ri to‘rtburchak qismlaridan).
Sodda va tarkibli masalalarni taqqoslash. Masalalarni ikki usul bilan yechish.
100 ichida sonlarni xona orqali o‘tib qo‘shish va ayirish. Geometrik shakllar va kattaliklar (38 soat) Qo‘shish va ayirish xossalari 100 ichida og‘zaki qo‘shish va ayirish usullarining asosi sifatida.
Sonli ifodalar. 10 (7+2) va 10 – 7 – 2 ko‘rinishdagi sonli ifodalarni o‘qish va taqqoslash.
100 ichida sonlarni xonadan o‘tib og‘zaki va yozma qo‘shish hamda ayirish usullari.
38+5, 42-5, 37+48, 37+53, 87+13, 42-15 ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish hollari.
Sonlarni ustuncha shaklida qo‘shish va ayirishning yozilishi. 45+23, 57-26, 29+32, 64+26, 75+15, 27+3, 30-3, 50-24, 52-24 ko‘rinishdagi misollar.
2, 3 amalli ifodalarda amallarni bajarish tartibi (qavsli va qavssiz). Belgilash elementlari. Yig‘indining o‘rin almashtirish xossasini harflar bilan yozish.
a +49, 91-b ko‘rinishdagi ifodalar.
Qo‘shish va ayirish amallarining tarkibiy qismlari va natijalari orasidagi o‘zaro bog‘lanish (noma’lum tarkibiy qismni topish).
Tenglama. Tenglamani yechish.
27+x=27, 35-x=30, x-3=7 ko‘rinishdagi tenglamalarni tanlash usuli bilan yechish.
Komponentlar orasidagi bog‘lanishlar va amallar natijasidagi bilimlar asosida 69-x=23, x-24=41, x+56=70 ko‘rinishdagi tenglamalarni yechish.
Bir nechta teng (bir xil) qo‘shiluvchilar yig‘indisini topish va sonni bir necha teng qo‘shiluvchi yig‘indisi shaklida ifodalash.
Yig‘indi va qoldiqni topishga oid sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish)ga oid, ayirmani taqqoslashga oid, noma’lum qo‘shiluvchini, noma’lum ayiriluvchini, noma’lum kamayuvchini topishga oid sodda masalalarni yechish.
Sonni yig‘indiga qo‘shish va yig‘indini songa qo‘shishga oid, sonni orttirish (kamautirish)ga va yig‘indini topishga oid, yig‘indini va qoldiqni, ayirmani va yig‘indini (arifmetik amallar yordamida va ifoda tuzish bilan) topishga oid tarkibli masalalarni yechish.
Vaqtni (bir soat ichida) topishga (hisoblashga) oid sodda masalalar yechish.
Geometrik shakllarni belgilash uchun harflarni qo‘llash.
Amaliy ish Soatga qarab vaqtni minutgacha aniqlikda topish.
Qog‘oz varag‘ini buklash yo‘li bilan to‘g‘ri burchak hosil qilish.
To‘rtburchaklarning va har xil ko‘pburchaklarning perimetrini topish.