Rivojlantiruvchi mashqlar. Bo‘laklardan butunni hosil qilish.
Namuna bo‘yicha ketma-ketlikni davom ettirish.
Topqirlikka oid masalalar.
Yuzlik
11 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar. Raqamlash. Geometrik shakllar (20 soat) 10 hisoblash birligi sifatida. O‘nliklar bilan sanash. 20 ichida bo‘lgan sonlarni o‘qish va yozish. 11 dan 20 cha bo‘lgan sonlarning o‘nlik tarkibi. 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni taqqoslash.
1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni aytish va ular ketma-ketligi.
Quyidagi ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish: 14+1, 18-1, 10+3, 15-5, 16-10.
Ayirish amali bilan sonlarni taqqoslash.
21 dan 100 gacha sonlarni o‘qish va yozish. Ularning o‘nlik tarkibi.
Bir xonali va ikki xonali sonlar. Sanashda ketma-ketlik tartibi.
Tarkibli masala bilan tanishtirish.
Sonni bir necha birlikka orttirish (kamaytirish) va yig‘indini topishga; yig‘indiga sonni qo‘shish; songa yig‘indini qo‘shishga; yig‘indidan sonni ayirishga doir masalalar yechish.
Uzunlik birliklari – detsimetr, metr, ularning belgilanishi: dm, m. Ular orasidagi munosabat.
Berilgan uzunlikdagi kesmani yasash (santimetr, detsimetr va santimetr yordamida).
Oddiy shakllarni murakkab shaklga aylantirish va aksincha.
Amaliy ish Santimetrlarga bo‘lingan detsimetr modelini yasash. Kesmani santimetrlar, detsimetrlar va metrlarda o‘lchash.
Chamalash yordamida 1 va 2 dm ni qo‘lda chizish (chizg‘ichsiz).
Rivojlantiruvchi mashqlar. Topqirlikka oid masalalar.
Shakllar va belgilarni topish hamda ularning qatorini davom ettirishga oid mantiqiy masalalar.
“Tangram” o‘yini. Shakllar yordamida yangi shakllar hosil qilish.
100 ichida qo‘shish va ayirish. Geometrik shakllar va kattaliklar (34 soat) 100 ichida sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirishda qo‘shish va ayirish xossalarini qo‘llash.
Nol bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo‘shish va ayirish.
Ikki amalli ifodalarda amallarni bajarish tartibi, qavslardan foydalanish.
Hafta. Hafta kunlari va sanog‘i.
Quyidagi ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirishlarni bajarish: 25+3, 30+24,36-2, 36-20, 42+25, 58-27,58-28, 58-55, 26+4, 30-4, 38+42, 74+26, 60-24, 100-7, 100-62.
Noma’lum kamayuvchini, noma’lum ayiruvchini topishga doir oddiy masalalar yechish.
Bir necha birlikka orttirish (kamaytirish)ga doir tarkibli masalalar yechish. Yig‘indi, uchinchi qo‘shiluvchini topishga doir, sonni yig‘indiga qo‘shish va yig‘indini songa qo‘shishga doir masalalar yechish. Qo‘shish va ayirishga doir turli tarkibli masalalar.