5. Xalq og‘zaki ijodi (28 soat)
Xalqimizning ming yillar mobaynida yaratgan sehrli-fantastik ertaklari, xalq dardi, istak-xohishi, orzu-umidlari ifodalangan qo‘shiqlar, bolalarning quvnoq o‘yin-qo‘shiqlari, hozirjavoblik, topqirlikni taqozo etadigan topishmoqlar, xalqning hayotiy xulosasi tarzida yuzaga kelgan purhikmat maqollar, sehr-jozibaga yo‘g‘rilgan rivoyatlarni o‘qish.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Boychechak. 2. Oftob chiqdi olamga. 3. Xo‘p hayda. 4. Davlat. 5. Ilm afzal.
6. Ko‘zacha bilan tulki. 7. Ochko‘z boy. 8. Hiylagarning jazosi. 9. Ziyrak uch yigit. 10. Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak. 11. Laqma it. 12. Baqa bilan taqa.
6. Vatanimiz o‘tmishidan (9 soat)
Hikoya, rivoyat, she’r va hikmatlarda Vatanimiz tarixi, uning muqaddasligi, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Alisher Navoiy kabi buyuk ajdodlarimiz hayoti, xalqimiz bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘l to‘g‘risida hikoya qilish.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Pahlavon va shoir. 2. Alisherning yoshligi. 3. Shum bola.
Bolalik.
7. Kumush qish (5 soat)
Qish faslida, tabiatda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, qish zavqi tufayli totli tuyg‘ular ifodalangan she’r va hikoyalar, «Bizning qish» mavzusida insho yozish.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Qor- to‘zg‘itar momiq par. 2. Rangin qorlar. 3. Qish. 4. Qor odamning sovg‘asi.
8. Nima yaxshiyu, nima yomon? (22 soat)
Badiiy - adabiy asarlarda insondagi yaxshi va yomon xulqlar, ularning oqibati, odamlar o‘rtasidagi mehr-muhabbat, halollik, poklik, to‘g‘riso‘zlik, samimiyat to‘g‘risida, ularda ma’naviy kamolot inson xulq-atvorida aks etishi, uning obro‘-e’tiborini oshirishi ezgu ishlarga yo‘naltirish, badiiy asarlarni o‘qish.
Dostları ilə paylaş: |