Ona zaminimiz (5 soat) Yer sayyora. Globus. Yerning Quyosh atrofida, Oyning Yer atrofida aylanishi.
Yer yuzasining tuzilishi. Yer yuzidagi tog‘, tekislik va suvli joylar. O‘lkamizdagi tog‘ va tekisliklar.
Suv — hayot manbai. Daryo, ko‘l, kanal va ariq suvlari.
Vaqt o‘lchov birliklari: yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund.
Qish (3 soat) Kumush qish. Qishdagi ob-havo. Qish manzarasi.
Kishilarning qishdagi mehnati. Dalalarni bahorgi ekish mavsumiga tayyorlash. Issiq xonalarda ko‘chat tayyorlash.
Uy va hayvonlarning qishdagi hayoti. Fermalarda chorva mollarini parvarish qilish. O‘lkamizda qishlaydigan qushlar.
Sog‘ tanda sog‘lom aql (3 soat) Tana gigiyenasi. Tanani ozoda tutish.
Tishni parvarish qilish. Tish cho‘tkasi va pastasidan foydalanish.
Ovqatanish gigienasi. Odam organizmi uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar. Oziq-ovqat piramidasi.
O‘lkamizda bahor (11 soat) Navro‘z — yangi kun. Sumalak Navro‘z taomi. Navro‘z shodiyonalari.
Bahorda o‘simliklar hayoti. erta bahorda ochiladigan gullar. Daraxtlarning gullashi.
O‘simliklarni ko‘paytirish. O‘simliklarning urug‘dan, ildiz mevasi (piyozi)dan, novdasidan ko‘payishi.
Bahorda kishilar mehnati. Dalalarda ekinlarni ekish. Ko‘chatlarni o‘tqazish va ularni parvarish qilish. Bog‘larda mevali daraxtlarni parvarish qilish.
Bahorda hasharotlar hayoti. Bahorda hasharotlarning uyg‘onishi va hayot kechirishi.
Bahorda o‘lkamizga qushlarning qaytib kelishi. Qushlarning ahamiyati, ularni muhofaza qilish.
O‘lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar. Uy hayvonlarining ahamiyati. Yovvoyi hayvonlarning tabiatdagi o‘rni.
Tabiat va inson. Insonning tabiatdan foydalanishi va unga ta’siri. Tabiatni muhofaza qilish.
Shahar bilan qishloq, ular orasidagi farq.
O‘lkamizda yoz. Yoz o‘tadi soz. Yozda tabiatga sayohat. Tabiat qo‘ynida o‘zini tutish qoidalari.
O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (1 soat)