Nazorat ishi (1 soat). 27-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). A1+ Mavzu. Yomonlikdan saqlanish. Rivoyat (1 soat). Rivoyatda yomon odatlardan saqlanish. Yomon odatlar orqali yaxshi xislatlarini o‘stirish. Matn mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.
Mavzu. Men dadamga yordamchi. Q.Muhammadiy (1 soat). Bolaning dadasi fermada boshchi ekanligi. Dadasiga tovuqlarni boqishda yordam berishi. Jo‘jalarini yaxshi ko‘rishining tasvirlanishi. Ongli va ifodali o‘qish.
28-mavzu. O‘jar toshbaqa. Hamidulla Yoqubov (1 soat). O‘jarlik, injiqlik, janjalkashlik yomon illat ekanligi. Onani hurmat qilishlik. Onaning so‘ziga quloq solish yaxshi fazilat ekanligi. Sabrli va qanoatli bo‘lishlik. Mavzu mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.
29-30-mavzular. Maqollar. Topishmoqlar (2 soat). Maqol va topishmoqlar haqida ma’lumotlar. Maqol va topishmoqlardan namunalar. Ularning mazmuni. Ongli va ifodali o‘qish.
31-32-mavzular. Latifalar. Tez aytishlar (2 soat). Latifa va tez aytishlar haqida ma’lumotlar. Latifa va tez aytishlardan namunalar. Ularning mazmuni. Ongli va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat) Mavzu.Chin va yolg‘on. Po‘lat Mo‘min (1 soat). Chin va yolg‘on so‘z bir og‘izdan chiqishi. Yolg‘onchilarga yolg‘on so‘z hamrohi ekanligi. Chin so‘z yaxshilarga do‘st bo‘lishi. Ongli va ifodali o‘qish. Mavzu mazmuniga doir maqollar.
33-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat). “Xalq og‘zaki ijodi” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish, takrorlash va umumlashtirish. Topshiriqlarni bajarish va boshqotirmalarni hal etish orqali o‘quvchilar bilim, ko‘nikma, malakalarini mustahkamlash hamda amaliyotda qo‘llay olishlarini o‘rgatish.