7-mavzu. Ona tilim. Tursunboy Adashboyev (1 soat). Ona tilimiz buyuk Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizdan meros bo‘lib qolganligi. Bobur Mirzo, Mashrab, Mirtemirni shoir qilgan ham o‘z ona tili ekanligi. She’r mazmuniga doir maqol va tez aytishlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
8-mavzu. Tuhfa.Oygul Suyundiqova (1 soat). Turli millatlar orasida o‘zbek gimnast qizining g‘olib bo‘lishi. Unga hamma havas bilan qarashi hamda yurt sha’nini ko‘tarishi. She’r mazmuniga doir maqollar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
Nazorat ishi (1 soat). 9-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). A1+ Mavzu. Vatan iftixori. Asror Mo‘minov (2 soat). Matnda Rustam Qosimjonovning yoshlikdan shaxmatga bo‘lgan qiziqishi. Shaxmat to‘garagida shaxmat sirlarini o‘rganishi. 11 yoshida O‘zbekiston chempioni bo‘lishi. Shaxmat to‘g‘risidagi kitoblarni o‘qish. Ongli va ifodali o‘qish.
10-mavzu. Ona Vatan.Muhabbat Hamidova (1 soat). Poytaxtimiz yo‘llari. Unda joylashgan binolar. Ishlab chiqarilayotgan mashina rusumlari. “Ona Vatan” so‘zining ma’nosi. Matn mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.
11-mavzu. Obod mahalla bo‘ylab. Kavsar Turdiyeva (1 soat). Mahalla ham vatanning bir bo‘lagi ekanligi. She’r mazmuniga doir maqol va tez aytishlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
12-mavzu. Toshkentim onam.Maqsud Shayxzoda (1 soat). Poytaxtimiz Toshkentda kimlar yashashi. Quyoshli fasllar. She’r mazmuniga doir maqol, tez aytishlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
13-mavzu. Vatan haqida qo‘shiq. Aziz Abdurazzoq (1 soat). Qahramon yigitning odatlari. Vatan haqidagi fikrlar. Mavzuga oid maqol va tez aytishlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
14-mavzu. O‘qituvchining o‘gitlari.Anvar Obidjon (1 soat). Ona tilimizning naqadar boyligi. Dunyoga dong‘i ketgan ajdodlarimiz. She’r mazmuniga doir maqol va tez aytishlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.