A1+ Mavzu.Bug‘doyning taqdiri. Dilshod Rajab (1 soat). Bug‘doyning maysa bo‘lib o‘sishidan tortib, pishib yetilishi, un va non bo‘lishiga qadar jarayon. Nonning inson hayotidagi o‘rni. Nonni e’zozlash. She’rni ongli va ifodali o‘qish. She’r mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar.
Mavzu. Sovg‘a. Farhod Musajon (1 soat). Oqiljonga dadasi gul ko‘chati olib kelishi. Otasini Oqiljonga gul ko‘chatini ekishga o‘rgatishi orqali tabiatga muhabbat uyg‘otishi. Oqiljonning gul ko‘chatini parvarishlashi va mehnati mahsulini (ya’ni, gulni) sinfdoshiga sovg‘a qilishi. Matnni ongli va ifodali o‘qish. Hikoya mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar.
121-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). Nazorat ishi (1 soat). Mavzu. Ezgulik qilay deb. Qambar Ota (1 soat) O‘quvchilarni ezgu ishlar qilishga yo‘llash. Ezgu ishlarning jamiyat uchun ahamiyati. She’rni ongli va ifodali o‘qish. Hikoya mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar.
A1+ Mavzu. Tonggi so‘z. Raim Farhodiy(1 soat). Insonlararo munosabatda salomlashishning o‘rni. Ertalabki bu so‘zning ma’nosi. Ahmadning tongdagi sarguzashtlari.
Mavzu. Yerning tili. Tolib Yo‘ldosh(1 soat). Yerni parvarishlash. Mehnat qilsa, yerning gullab yashnashi, insonlarni boqishi. Yerga e’tiborli bo‘lish. She’r mazmuniga doir maqol va topishmoqlar. She’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
A1 ertak va she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi;
ularni ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez va bir daqiqada 30-35 ta so‘zni o‘qiy oladi;
o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;
ularning mazmunini to‘liq yoki qisqartirib, darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi;
maktab kutubxonasidan foydalana oladi;
kichik hajmdagi 5 ta she’rni yoddan aytib bera oladi.