115-mavzu. Tabiatning ne’mati ko‘p (1 soat). Ertak qahramoni Eshakning tabiatga sayohati. Bog‘ va poliz ne’matlari. Eshakning chumchuq bilan tabiat ne’matlari haqidagi suhbati. Eshakning e’tirozi, qilmishi va jazosi. Hikmat. Tabiatning ne’mati. Ertak mazmuniga mos maqol va topishmoqlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
116-mavzu. Yozning ziynati.Aziz Abdurazzoq (1 soat). Yoz faslida qushlar hayoti. Qaldirg‘och uyasi va polaponlari. She’r mazmuniga doir maqol va topishmoqlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Kitob. Obid Rasul(1 soat). Kitobni asrash, uni toza saqlashning ahamiyati, kitobning bilim manbai ekanligi, kitob o‘qigan kishining umri yaxshi o‘tishi. She’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish. She’r mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar.
Mavzu. Uchar poezd.Erkin Malik(1 soat). O‘zbekistondagi rivojlanish, taraqqiyot, yangiliklar, yangi temir yo‘llarning ochilishi, Boysun - Qumqo‘rg‘on” yo‘nalishidagi poezdda bobo va nabiraning sayohati, undagi taassurotlar. Topishmoq va tez aytishlar. Matnni ongli, tushunib, tez va ifodali o‘qish.
117-118-mavzular. Qaldirg‘och bilan beshiktervatar.O‘tmish O‘sarov (2 soat). Ertak qahramonlari – qaldirg‘och va beshiktervatarning tanishuvi. Do‘stlar. Qaldirg‘ochning bolalariga hujumi. Qaldirg‘ochga yordam. Beshiktervatarning jasorati. Ilonning jazosi. Haqiqiy do‘stlik. Ertak mazmuniga mos maqollar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
119-mavzu. A’lo o‘qidingiz, a’lo dam oling!Ilyos Muslim (1 soat). Yoz va yozgi ta’tilning boshlanishi. Yozgi ta’tilda bolalar dam olishi. She’r mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
120-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat). “Yoz – o‘tadi soz” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish, takrorlash va umumlashtirish. Topshiriqlarni bajarish va boshqotirmalarni hal etish orqali o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash hamda amaliyotda qo‘llay olishlarini tushuntirish.