129-mavzu. Yoz. Shukur Sa’dulla (1 soat). Bolalar yozni sevishlari. Yoz tabiati. Unda pishadigan mevalar. Bo‘sh vaqtlardan unumli foydalanish kerakligi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). Mavzu. Yoz qo‘shig‘i.Olqor Damin (1 soat). Yoz kelishi bilan bolalar oromgohlarga borishi. Maza qilib cho‘milishlari va chiniqishlari haqida. She’r mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
130-mavzu. Non qayerdan keladi? Qambar O‘taev (1 soat). Nonni yetishtirishda kishilarning mehnati. Buvining hikoyasi orqali nonni va nonning ushog‘ini to‘kmaslik. Nonni qadrlash va uni asrab-avaylash. Ongli va ifodali o‘qish.
131-mavzu.“Non rizq-ro‘zimiz” amaliy mashg‘uloti (1 soat). Bu mashg‘ulotda o‘quvchilar nonning turlari, u haqida ma’lumotlarni kengaytirish uchun turli topshiriqlar asosida mustahkamlashi.
132-133-mavzular. Oydin kecha.Murod Xidir (2 soat ). Ikki do‘stning sayohati. Ozod va Nosir tog‘ yo‘lida turli jonivorlarga duch kelishi. Jonivorlarning xislatlari. Ozod va Nosirning xislatlari. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
134-mavzu. Bobomning sovg‘asi. G‘ayratiy (1 soat). Obid do‘sti Murod bilan sarguzashti. Bobosining nabirasiga sovg‘asi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish(1 soat). Mavzu. Buvimning uloqchalari. Sobit G‘ofurov (1 soat). Yozgi ta’til davomida bolalarning echki va uning uloqchalari bilan birgalikda o‘tkazgan quvonchli kunlari. Ongli va ifodali o‘qish.
135-mavzu. Nihollar nolasi.Xudoyberdi To‘xtaboyev (1 soat). Nihollarning nolasi. Ko‘chat ekib, bog‘ qilishi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.