12-mavzu: O‘zbekiston bog‘lari va dalalarida yetishtiriladigan meva-sabzavotlar. (1 soat, A1+: 2 soat) O‘zbekiston bog‘larida, dalalarida yetishtiriladigan meva-sabzavotlar. Hosilni yig‘ishtirib olish.
13-mavzu: O‘simliklarning qishga tayyorlanishi. (1 soat, A1+: 2 soat) O‘simliklarda qish fasli yaqinlashishi bilan sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar. Xazonrezgilik.
14-mavzu: Barglardan gerbariy tayyorlash. (1 soat, A1+: 2 soat) To‘kilgan barglarni yoqib yubormaslik. Uning zararli tomonlari. Atrof-muhitni ifloslantirmaslik.
15-mavzu: Kuzda hayvonlar va hasharotlar hayoti. (1 soat, A1+: 2 soat) Kuzda hayvonlar va hasharotlar hayotidagi o‘zgarishlar. Foydali va zararli hasharotlar. Chumolilarning hayoti.
16-mavzu: O‘lkamizda uchraydigan qushlar. Nazorat ishi. (1 soat, A1+: 2 soat) O‘lkamizda uchraydigan qushlar va ularning tabiiy sharoitga moslashuvchanligi. Hasharotxo‘r, donxo‘r, yirtqich (go‘shtxo‘r), hammaxo‘r qushlar. Qushlarning boshqa o‘lkalarga uchib ketishi va boshqa o‘lkalardan uchib kelishi.
17-mavzu: Ijtimoiy foydali mehnat. (1 soat, A1+: 2 soat) Maktab hovlisi va sinfxonasini ozoda tutish. Maktab yer uchastkasidagi ekin va daraxtlarni parvarish qilishda ishtirok etish.
18-mavzu: Kasblar olami. (1 soat, A1+: 2 soat) Ishlab chiqarish jarayoni haqida umumiy tushuncha, misollar (masalan, bug‘doy donidan tayyor nongacha amalga oshiriladigan jarayonlar).
4-BOB. QISH (3 soat, A1+: 6 soat)
19-mavzu: Kumush qish. (1 soat, A1+: 2 soat) Qishdagi ob-havo. Qish manzarasi.
20-mavzu: Kishilarning qishdagi mehnati. (1 soat, A1+: 2 soat) Issiq xonalarda ko‘chat tayyorlash, meva yetishtirish. Dalalarni bahorgi ekish mavsumiga tayyorlash.
21-mavzu: Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarning qishdagi hayoti (1 soat, A1+: 2 soat) Biz va hayvonot olami. Fermalarda chorva mollarini parvarish qilish. Yovvoyi hayvonlarning qishdagi hayoti. O‘lkamizda qishlaydigan qushlar.