22-mavzu: O‘lkamizda bahor (1 soat, A1+: 2 soat) Bahor fasli. Navro‘z – yangi kun. Sumalak – Navro‘z taomi. Navro‘z sayllari.
23-mavzu: Bahorda o‘simliklar hayoti. (1 soat, A1+: 2 soat) Erta bahorda ochiladigan gullar. Daraxtlarning kurtaklashi va gullashi.
24-mavzu: O‘simliklarni ko‘paytirish. (1 soat, A1+: 2 soat) O‘simliklarning urug‘dan, ildiz mevasi (piyozi)dan, novdasidan ko‘payishi.
25-mavzu: Bahorda kishilar mehnati. (1 soat, A1+: 2 soat) Bahorda kishilarning o‘ziga xos mehnatlari. Dalalarda ekin maydonlarini tayyorlash va urug‘larni ekish.
26-mavzu: Ko‘chatlarni o‘tqazish va ularni parvarish qilish. Nazorat ishi. (1 soat, A1+: 2 soat) Bog‘larda mevali daraxt ko‘chatlarini, gullarni o‘tqazish va ularni parvarish qilish.
27-mavzu: Bahorda hasharotlar hayoti. (1 soat, A1+: 2 soat) Bahorda hasharotlarning uyg‘onishi va hayot kechirishi.
28-mavzu: O‘lkamiz qushlari. (1 soat, A1+: 2 soat) Bahorda o‘lkamizga qushlarning qaytib kelishi. Qushlarning ahamiyati, ularni muhofaza qilish.
29-mavzu: Uy hayvonlari. (1 soat, A1+: 2 soat) Uy hayvonlari va ularning ahamiyati.
30-mavzu: Yovvoyi hayvonlar. (1 soat, A1+: 2 soat) Yovvoyi hayvonlar va ularning tabiatdagi o‘rni.
31-mavzu: Tabiat va inson. (1 soat, A1+: 2 soat) Insonning tabiatdan foydalanishi va unga ta’siri. Tabiatni muhofaza qilish.
32-mavzu: Shaharlar va qishloqlar. (1 soat, A1+: 2 soat) Shahar va qishloqlar, ular orasidagi farq. Bizning uyimiz, uy manzilini yozish qoidalari.
33-mavzu: O‘lkamizda yoz. Nazorat ishi. (1 soat, A1+: 2 soat) Yoz – o‘tadi soz. Yozda tabiatga sayohat. Tabiat qo‘ynida o‘zini tutish qoidalari.
34-mavzu: O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash. (1 soat, A1+: 2 soat)