Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A1 tabiiy boyliklarni, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish, jihozlardan foydalana olish, ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya etish.
A1+ o‘z ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (suv, yoqilg‘i boyliklari) tejab foydalanish; bir kunlik xarajatlarini hisoblashni bilish.
KIRISH (1 soat, A1+: 1 soat)
1-mavzu: Tabiatshunoslik nimani o‘rganadi? (1 soat, A1+: 1 soat) Tabiatning tarkibiy qismlari. Jonli va jonsiz tabiat. Tabiat hodisalari.
1-BOB. TABIATDA SUV VA HAVO (6 soat, A1+: 12 soat)
2-mavzu: Yer usti va yer osti suvlari. (1 soat, A1+: 2 soat) Okean va dengizlar. Daryo va ko‘llar. Muzliklar. Yer osti suvlari.
3-mavzu: Suv – hayot manbai. (1 soat, A1+: 2 soat) Suvning ahamiyati. Suvning xususiyatlari. Suvning uch holati.
4-mavzu: Suvni muhofaza qilish va tejash. (1 soat, A1+: 2 soat) Oqar suvlar. Toza va chuchuk suvlar. Suvlarning ifloslanishi. Ichimlik suvlari. Suvlarni tejash va muhofaza qilish.
5-mavzu: Tabiatda havo. (1 soat, A1+: 2 soat) Havo nima? Havoning ahamiyati. Havo harorati.
6-mavzu: Ob-havo. (1 soat, A1+: 2 soat) Ob-havo. Ob-havoning mahalliy belgilari. Shamolning paydo bo‘lishi.
7-mavzu: Yog‘inlar. Nazorat ishi. (1 soat, A1+: 2 soat) Yog‘inlar, ularning turlari. Tabiatda suvning aylanishi.
2-BOB. YER OSTI BOYLIKLARI (5 soat, A1+: 12 soat)
8-mavzu: Foydali qazilmalar qayerdan olinadi? (1 soat, A1+: 2 soat) Foydali qazilma haqida tushuncha. Foydali qazilmalar qanday hosil bo‘ladi? Ular qayerlardan qazib olinadi?