28-mavzu: Odamning tuzilishi. (1 soat, A1+: 2 soat) Odam tanasi. Teri, uning ahamiyati va gigiyenasi, mayda yaralarni davolash. Skelet, uning vazifalari. Gavdani tik tutish, to‘g‘ri o‘tirish, jismoniy mehnat va sportning inson salomatligi uchun ahamiyati. Yurak va uning vazifasi. Tanada qonning harakati.
29-mavzu: Odam miyasi. Ovqat qanday hazm qilinadi? (1 soat, A1+: 2 soat) Bosh miya, orqa miya, nerv tolalari. Og‘iz, qizilo‘ngach, oshqozon, ichak, jigar, buyrak.
30-mavzu: Sog‘lom bo‘lay desangiz. (1 soat, A1+: 2 soat) Qanday nafas olamiz? O‘pka va uning vazifasi. Chekishning salomatlikka ta’siri. Spirtli ichimliklarning va giyohvand moddalarning odam organizmiga ta’siri.
7-BOB. TABIATNI MUHOFAZA QILISH (3 soat, A1+: 7 soat)
31-mavzu: Tabiat va inson. (1 soat, A1+: 2 soat) Insonning tabiatga ta’siri (ijobiy va salbiy), tabiatni muhofaza qilish tadbirlari.
32-mavzu: Tabiat muhofazasi. Nazorat ishi. (1 soat (A1+: 3 soat) “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi”. “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlar, ularni asrash.
33-mavzu: Ekologik xavfsizlik. (1 soat, A1+: 2 soat) Ekologik xavfsizlik, ifloslangan havo va suvdan himoyalanish, oddiy filtrlar.
34-mavzu: Takrorlash. (1 soat, A1+:1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi: A1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi. Ob-havodagi o‘zgarishlarni kuzata oladi, uni mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi; yog‘in turlarini aytib bera oladi. Foydali qazilmalar qayerdan qazib olinishini, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan qazilmalarni, temir va rangli metallar eritib olinishini, qurilishda foydalaniladigan qazilma boyliklarni, ularning ishlatilishini
hayotda kuzatadi va tushunadi. O‘z o‘lkasining tabiati va tarixiy yodgorliklari haqida aytib bera oladi.
A1+ maktabda, to‘garakda jonli burchak tashkil etishda faol ishtirok eta oladi.