Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi : A1 aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish.
A1+ aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy rejalarni tuza olish.
I bo‘lim. GAP (6 soat,A1+: 2 soat)
1-2-mavzular. 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap (2 soat). Gaplarning chegarasini aniqlash. Gap mazmunini tushunish. Gapda tinish belgilarining qo‘llanishiga e’tibor berish.
3-4-mavzular. Gapning maqsadga ko‘ra turlari (2 soat). Gapning fikr ifodalashi. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, Gapni tugallangan ohang bilan, tinch istak, maslahat, buyruq, so‘roq va his-hayajon ohangida aytilishi; gapning ohangiga ko‘ra tinish belgilarining ishlatilishi (nuqta, so‘roq, undov belgilari).
5-6-mavzular. Gapning maqsadga ko‘ra turlari (2 soat). Darak, so‘roq, buyruq, istak, his-hayajon gaplar. Gapda so‘zlarni o‘rinli qo‘llash.
A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat)
II bo‘lim. GAP BO‘LAKLARI (7 soat, A1+: 2 soat)
7-8-mavzular. Gap bo‘laklari (2 soat). Kesim - gapning markazi. Ega, uning kesim bilan munosabati va so‘roqlari. Gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari, ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlari, ularning boshqa so‘zlarga bog‘lanishi, gapni ikkinchi darajali bo‘laklar qo‘shib kengaytirish, ikkinchi darajali bo‘laklarni o‘rniga qo‘yib gapni qayta tuzish.
9-10-11-mavzular. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi (3 soat). Gap bo‘laklarini bog‘lovchi grammatik vositalar: qo‘shimchalar va ohang yordamida bog‘lanishi.
A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat) Nazorat va tahlil (2 soat).