8-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). A1+ Mavzu. O‘lka. Erkin Vohidov (1 soat). She’rda Vatan madhi. Bog‘lar, har bitta daraxt oy, yulduzlar vatan ruhidan madad olishi kabi badiiy ifodalar. She’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish. She’r mazmuniga doir maqol va topishmoqlar.
Mavzu. Yurtim uchun. Otabek Quvvatov (1 soat). She’rda vatan go‘zalligi madh etiladi va bolalarga vatan ravnaqiga hissa qo‘shish topshirig‘i beriladi. She’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish.
Nazorat ishi (1 soat). 9-mavzu. Ma’naviyatli xalqni yengib bo‘lmaydi. Rivoyat (1 soat). Ma’naviyat tushunchasi. Ma’naviy boylik, madaniyat, yurt tinchligi va farovonligi. Ma’naviy boyligini e’zozlagan, madaniyati yuksak taraqqiy etgan xalqni yengib bo‘lmasligi. Ma’naviyat – qudratli askarlarni yenga olishga qodir kuchligi. Rivoyat mazmuniga doir maqollar. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
10-mavzu. Bolajon hayajoni.Miraziz A’zam (1 soat). Yurtimizdagi obodonchiliklar, o‘zgarishlar va taraqqiyot. O‘quvchilarda Vatan ravnaqidan faxrlanish hissi. She’r mazmuniga doir topishmoq va maqollar. She’rni ongli, ifodali va to‘g‘ri o‘qish.
11-mavzu. “Afrosiyob” – tezyurar poezd. Erkin Malik (1 soat). Sherzodning dadasi bilan sayohati. “Afrosiyob” tezyurar poezdi. Poezdning tuzilishi. Poezddagi qulayliklar. Sayohat taassurotlari. O‘quvchilarda vatanimiz taraqqiyotidan faxrlanish hissi. Matn mazmuniga taalluqli maqol va topishmoqlar. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). Mavzu. Vatan haqida ijodiy matn tuzish (1 soat). 12-mavzu. O‘zbekistonim. Anvar Obidjon (1 soat). She’rda Vatan madhi. O‘zbekistonimizdagi bog‘lar, tog‘lar, qishloq va shaharlar tavsifi. She’r mazmuniga mos maqol va topishmoqlar. She’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish.