13-mavzu. Suv oqsin orolga. G‘ani Abdullayev (1 soat). Orol dengizi. Orol dengizi haqida ona va bola suhbati. Nodirning tabiatga munosabati. Tabiatni asrashdagi o‘quvchilarning vazifalari. Suvni toza saqlashning tabiatga va insonlarga ta’siri. Tabiatni asrashga doir maqol va topishmoqlar. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
14-mavzu. She’rim senga, Vatanim.Quddus Muhammadiy (1 soat). She’rda ona Vatan madhi. She’r mazmuniga doir maqol va topishmoqlar. She’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish.
15-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). A1+ Mavzu. Vatan. Abdulla Avloniy(1 soat). Vatanning muqaddasligi, uning qadrini bilmaslik aqli pastlik ekanligi, insonning voyaga yetishida shakllanishida vatanning o‘rni. Vatanning onaga o‘xshashi, uni sotmaslik, vatan oldidagi burchni anglash. She’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish. She’r mazmuniga doir maqol va topishmoqlar.
Mavzu. Sog‘inch manzili. Dilshod Rajab (1 soat). Inson uchun o‘zining tug‘ilgan joyi har qanday go‘zal joydan ustunligi bir bolaning yozgi ta’tilda shaharga kelgani va tug‘ilgan yurtini sog‘ingani misolida ko‘rsatilgan. Matnni to‘g‘ri, ifodali va tez o‘qish. Matn mazmuniga mos maqol, topishmoq va tez aytishlar.
16-17-mavzular. Ajoyib bahs.Hidoyat Olimova (2 soat). Ertak qahramonlari tavsifi. Ertak qahramonlari. daraxt, olov, daryo, quyosh, tun, yer, tog‘, gul-chechaklarning o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi. Tabiat hodisalarining o‘zaro ta’siri. Mavzuga doir tez aytish, maqol va topishmoqlar. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
18-mavzu. Vaqtning hajmi qancha (1 soat). Vaqt haqida. Vaqtdan to‘g‘ri foydalanishga doir ko‘rsatmalar. She’r mazmuniga mos maqollar. She’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish.
19-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat). “Ona yurtim – oltin beshigim” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish, takrorlash va umumlashtirish. Boshqotirma va krossvordlar yechish orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamlash.