A1+ asar qahramonlari, tabiat tasviri haqida 4-5 gapdan iborat kichik ijodiy matn yoza oladi.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: A1 o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o‘qituvchi yordamida ularga baho bera oladi;
asar mazmunidan ta’sirlana oladi;
o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi.
A1+ mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalar mazmunini tushunib, qayta hikoya qila oladi.
SINFDAN TASHQARI O‘QISH (17 soat, A1+: 17 soat) O‘qish materiallari 16-32 bet hajmdagi bolalarbop badiiy, ilmiy-adabiy kitoblar. O‘quvchi ovozsiz mustaqil o‘qish va tanlab ovoz chiqarib o‘qish uchun 1-5 bet hajmli she’r, ertak va hikoyalar o‘qiladi. O‘qish mavzulari. Ona Vatan va ota-bobolar jasorati, o‘simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlar.
Sinfdan tashqari o‘qishning asosiy vazifasi bolalarni mustaqil amaliy faoliyatga o‘rgatish, bilimini boyitish va o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirishdir. O‘qituvchilarga sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘qishlari zarur bo‘lgan kitoblar, ular bilan tanishish tartibi yuzasidan ko‘rsatmalar beriladi. Maktab kutubxonasi bilan birgalikda kitob ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
Kitobning muqovasi (tituli), betlarini farqlay olish. Kitobning nomini, muallifi va rasmlari asosida mazmunini aniqlay olish. Kim yoki nima haqida o‘qidingiz? Savoliga javob berish, mazmunini aniqlash. Qahramonlarning xatti-harakatini, xulqini va ular boshidan kechirgan voqea-hodisalarni mustaqil baholay olish.
Mavzularni o‘rganish uchun – 121 soat (A1+: 68 soat) Nazorat ishlari uchun – 15 soat Umumiy – 136 soat (A1+: 204 soat) 3-SINF O‘QISH va NUTQ O‘STIRISH (170 soat, A1+: 238 soat)