Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: A1 mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, televizor, radio va boshq.) foydalana olish va xulosa chiqarish;
o‘z yoshiga mos kitoblarni o‘qish, tushunish va ulardan ibrat olish, televizor va radiolar orqali berilib borilayotgan xabarlarni gapirib bera olish;
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar (oddiy tabriknomalar yoza olish, anketalarni to‘ldirish) bilan ishlay olish.
A1+ media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompentensiyasi: A1 milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash;
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish;
o‘z xatti-harakatini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera olish.
A1+ hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Milliy va umummadaniy kompentensiyasi: A1 badiiy asarlarda aks etgan ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ash hamda tushuntirib bera olish;
badiiy adabiyotda go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana bilish.
A1+ madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompentensiyasi: A1 badiiy asarlarda xilma-xil shakl va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladigan qahramonlarning insoniylik va boshqa fazilatlariga qarab turib xolis mulohaza yurita olish;
maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (turli mavzudagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va h.k.) faol ishtirok etish;
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
A1+ badiiy asarlarda aks etgan yuksak ma’naviy fazilatlar anglash, his etish va boshqalarga yetkaza intilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompentensiyasi: