A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat) Mavzu. Eng katta sovg‘a. Sobit G‘ofurov (1 soat). Hikoyada Hikmat ismli o‘quvchining tug‘ilgan kunida o‘qituvchisi o‘quvchilari bilan tayyorlagan tabrigi. Shu kunda vazifalarni to‘g‘ri bajargani uchun a’lo baho qo‘yishi. Maqtabda sinfdoshlari sovg‘a berishi. Bu kun unga katta sovg‘a bo‘lganligi.
15-mavzu. Vatan (sahna). Erkin Malikov (1 soat). Vatanimizning tinch va obodligi. Kimning avlodi ekanliklari. Ongli va ifodali o‘qish.
16-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat). “Ona vatan – vatan yagona” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish, takrorlash va umumlashtirish. Topshiriqlarni bajarish va boshqotirmalarni hal etish orqali o‘quvchilar bilim, ko‘nikma, malakalarini mustahkamlash hamda amaliyotda qo‘llay olishlarini urgatish.
Nazorat ishi (1 soat). 17-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat)
II bo‘lim. XALQ OG‘ZAKI IJODI (17 soat, A1+: 8 soat)
18-mavzu. Qo‘shiqlar. Alla (1 soat). Qo‘shiqlar haqida ma’lumot. Alla qo‘shig‘i ma’no va mazmuni. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Foydali maslahat. Rivoyat (1 soat). Qadim zamonda bir podsho bo‘lishi. U shahar o‘rtasida yotgan toshni olib tashlash yo‘llarini o‘ylashi. Toshni olishda dehqonning aqli va zakovati tufayli tosh yo‘ldan olinishi haqida. Ongli va ifodali o‘qish.
Mavzu. Aytishma o‘yinlar (1 soat). Aytishmalarda bolalar “Oq terakmi, ko‘k terak” o‘yinini o‘ynash orqali farovon hayotimizdan xursandchiligi. Unga minnatdorchilik bildirilishi. Ongli va ifodali o‘qish.
19-mavzu. Botir mergan va chaqimchi. O‘zbek xalq ertagi (1 soat). Botir merganning fazilatlari. Chaqimchilikning oqibati. Mavzu mazmuniga oid maqol va tez aytishlar. Ertakni ongli va ifodali o‘qish.