56-mavzu. Laylakqor. Qutbi Nosirova (1 soat). Qor yog‘ganda bolalar o‘yinlari. Qorbobo. Tabiat go‘zalligidan zavqlanish. Qish fasli haqidagi maqol va tez aytishlar. She’rni ongli, tez va ifodali o‘qish.
Nazorat ishi (1 soat). A1+ Mavzu. Qor odamning sovg‘asi. Odiljon Husanov (1 soat). Qishda odamlar mehnati. Bolalarning o‘ziga xos ishlari: Qor odam yasash. Har qanday mehnatning ham mukofoti bo‘lishi. Matnni ongli, tez va ifodali o‘qish. Matn mazmuniga mos topishmoq va tez aytishlar.
Mavzu. Salom yangi yil.Olqor Damin. She’rda yangi yilning kelishi. Yangi yilda yangi vazifalar berilishi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Adabiy-nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish,fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
A1 hikoya, ertak va she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi;
ularni ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qiy oladi;
o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;
ularning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikriniog‘zaki bayon qila oladi.
A1+ o‘rganilgan mavzular doirasida kichik hajmli matn asosida bayon yoza oladi.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: A1 o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o‘qituvchi yordamida ularga baho bera oladi;
o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;
matndagi so‘z va gaplarni tushuna oladi.
A1+ mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalar mazmunini tushunib, qayta hikoya qila oladi.
57-mavzu. Chilla chiqib. Tursunboy Adashboyev (1 soat). Qish chillasi. O‘rmon hayvonlari va o‘simliklarining qish chillasi davridagi hayoti. Qish fasli haqidagi topishmoq va tez aytishlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.