A1+ matnlarning mazmunini to‘liq bayon qilib bera oladi.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: A1 o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o‘qituvchi yordamida ularga baho bera oladi;
o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;
matndagi so‘z va gaplarni tushuna oladi.
A1+ mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalar mazmunini tushunib, qayta hikoya qila oladi.
IX bo‘lim. ERTAKLAR – YAXSHILIKKA YETAKLAR (15 soat, A1+: 6 soat )
95-mavzu. Tansihatlik – tuman boylik. O‘zbek xalq ertagi (1 soat). Ertak haqidagi dastlabki nazariy ma’lumotlar. Donishmandga qashshoq yigitning murojaati. Donishmand chol va kambag‘al yigit bahsi. Inson salomatligi – eng katta boylik. Donishmandning kambag‘al yigitga nasihati. Mehnat qilish va salomatlik haqidagi maqollar ustida ishlash. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
96-mavzu. Kenja o‘g‘il.O‘zbek xalq ertagi (1 soat). Donishmand chol va uning uch o‘g‘li. Cholning o‘g‘illariga topshirig‘i. Topshiriqning bajarilishi – o‘g‘illar qurgan qo‘rg‘onlar. Kenja o‘g‘ilga xotinining maslahati. Do‘st – haqiqiy qo‘rg‘on. Do‘stlik haqidagi maqol va topishmoqlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
97-mavzu. Eng yaxshi sovg‘a.O‘zbek xalq ertagi (1 soat). Savdogar va uning uch qizi. Savdogarning Xitoy mamlakatiga sayohati va qizlarining iltimosi. Qizlar uchun sovg‘a. Kenja qizning sovg‘asi. Sog‘lik – eng katta boylik. Aqlli qiz. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
98-mavzu. Tulki va xo‘roz.Eron xalq ertagi (1 soat). Tulkining ayyorligi va xo‘rozga taklifi. Ayyor tulki yolg‘onining fosh bo‘lishi. Xo‘roz, tulki kabi ramziy obrazlar orqali aqllilik, tadbirlilik talqini. Do‘stlik va hayvonlar haqidagi ertaklar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.