A1+ Mavzu. Uch Tulki. Ertak (1 soat) Qaysarlik va o‘zbilarmonlikning yomon oqibati quyoncha va xo‘tikcha misolida ko‘rsatilishi. Ongli, tez va ifodali o‘qish. Ertak mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar.
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). 99-mavzu. Aqlli bola. O‘zbek xalq ertagi (1 soat). Maqtanchoq podsho. Podsho va aqlli bola suhbati. Aqlli bolaning jumboqli gapi. Mehmondorchilik. Jumboqning yechimi va bolaning aqliga podshoning tan berishi. Bolaning saroyga kelishi. Aqlning inson hayotining rivojlanishidagi ahamiyati. Aql va bilimdonlik haqidagi maqol, tez aytish va topishmoqlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
100-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). 101-102-mavzu. Somon, cho‘g‘ va loviya. Aka-uka Grimmlar (2 soat). Keksa kampirning ovqat tayyorlash voqeasi. Somon, cho‘g‘ va loviyaning uchrashib qolishi. Do‘stlashishi va sayohati. Do‘stlarning ariqchadan o‘tish voqeasi. Do‘stlarining ustidan kulgan loviyaning ahvoli. Loviyalarning qornidagi qora choki. Ertakdagi ramziy obrazlar orqali do‘st tanlash va do‘stlarga sodiq bo‘lish g‘oyasining talqini. Ertak mazmuniga doir maqol, tez aytish va topishmoqlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Uch o‘rtoq. Ertak (2 soat). Haqiqiy do‘stlik. Qo‘y, xo‘roz va itning do‘stligi. “Nodon do‘stdan ziyrak dushman yaxshi” maqolining ma’nosi. Ongli, tez va ifodali o‘qish. Ertak mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar.
103-mavzu. Qarg‘a bilan tulki.Ivan Krilov (1 soat). Masal haqida qisqa nazariy ma’lumot. Qarg‘a pishloq topishi. Ayyor tulkining qarg‘ani maqtashi. Qarg‘aning maqtovlarga aldanishi. Pishloqdan ayrilgan qarg‘a. Ramziy obrazlar orqali zukkolik, aqllilik, ayyorlik kabi sifatlar talqini. Masal mazmuniga doir maqol va topishmoqlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
104-mavzu. Hakka bilan tulki.O‘zbek xalq ertagi (1 soat). Ramziy obrazlar orqali zukkolik, aqllilik, ayyorlik kabi sifatlar talqini. Ertakni xulosalash.