78-mavzu. Tanbeh. Latifjon Mansurov (1 soat). Salomlashish odobi. “Somaleykum” va “Assalomu alaykum” so‘zlarining ma’nosi. Salomlashishning insonlararo munosabatlarga ta’siri. Hikoya qahramonining xatosi va onasining bergan tanbehi. Yoshi kattalarni hurmat qilish va mehr-oqibatli bo‘lish. Salomlashish odobiga doir maqol va tez aytishlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish. 79-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). 80-mavzu. Momaqaymoq. Quddus Muhammadiy (1 soat). Bahor gullari va ularning go‘zalligi. Momaqaymoq. Tabiatdagi o‘zgarishlar va gullar go‘zalligidan zavqlanish. Mavzuga doir topshiriq va topishmoqlar. She’rni ifodali o‘qish.
81-mavzu. Karim chumolilarning tilini bilarkan.Hamid Jalolov (1 soat). Bolalarning tabiat qo‘yniga sayohati. Tabiat manzarasi. Karim va Nodiraning suhbati. Tabiat hodisalarining bog‘liqligi. “Karim chumolilarning tilini bilar ekan” gapining tahlili. Tabiat hodisalariga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. O‘rik gullaganda. Hamid Olimjon (1 soat). She’rda bahor fasli o‘ziga xos tarzda o‘rikning gullashi misolida tasvirlanadi. She’rni ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qish. Maqol, hikmatli so‘z va topishmoqlar.
Mavzu. Dik-Dikjo. Ertak (1 soat). Ertakda qo‘rqoqlik va jasurlik haqida so‘z boradi. O‘zining hayoti xavfsizligini ta’minlash uchun jasurlik kerakligi ta’kidlanadi. Ongli, to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish. Maqol, topishmoq va tez aytishlar.
Nazorat ishi (1 soat). 82-mavzu. Alisherning onasi. Abdulla Oripov (1 soat). Onalar haqida yozilgan she’rlar. Alisher Navoiyni tarbiyalash, shoir darajasiga yetkazgan onasining madhi. Onalar haqidagi maqollar. She’rni ifodali va ongli o‘qish.
83-mavzu. Onam. Umarali Qurbonov (1 soat). 8-mart – Onajonlar bayrami. Ona – buyuk zot, onalarni e’zozlash – farzandlik burchi. Onalarga ta’zim. Onalar haqidagi maqollar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.