Nazorat ishi (1 soat). A1+ Mavzu. Bahor. Qutlibeka Rahimboyeva(1 soat).
Bahor fasli. Undagi go‘zallik va o‘ziga xoslik. Matnni ongli, to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish. Matn mazmuniga mos maqollar, hikmatli so‘zlar va topishmoqlar.
Mavzu. Shum tulki. Ertak (1 soat). Ertakda yomonlikning albatta yakun topishi va jazolanishi tulkining shumligi va jazosini olishi misolida ko‘rsatiladi. Ongli, to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish. Maqol, topishmoq va tez aytishlar.
74-mavzu. Boburning fazilatlari. G.H.Pant (1 soat). Bobur Mirzo haqida ma’lumot. Boburning jismoniy sifatlari va insoniy fazilatlari. “Boburnoma”. Boburning tabiatga, farzandlariga va insonlarga munosabati. Mirzo Boburning vorislari. Insoniy fazilatlar haqidagi maqol va tez aytishlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
75-mavzu. Ko‘klam sep yoydi.Do‘stjon Matjon (1 soat). Bahor faslida bog‘lardagi o‘zgarishlar. Mevali daraxtlar. Bahor faslida o‘lkamizga uchib keladigan qushlar. She’r mazmuniga mos topishmoq va tez aytishlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
76-mavzu. Bir tup sada. Mahmud Murodov (1 soat). Sada va uning insonlar uchun yaratgan qulayligi. G‘allakorlarning hordiq chiqarishi. Norbobo – mehnatkash otaxon. Daraxt o‘tqazishning insonlarga foydasi. “Birni kessang, o‘nni ek” hikmati. Insonlarga foyda keltirish va daraxt o‘tqazish haqidagi maqol va tez aytishlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
77-mavzu. Gunafsha.Qudrat Hikmat (1 soat). Bahor faslida ochiladigan gullar. Gunafsha – bahor elchisi. Gullarning go‘zalligi va hdan zavq olish. Bahor gullari haqidagi maqollar, tez aytish va topishmoqlar. She’rni ifodali va ongli o‘qish.
A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish(1 soat). Mavzu. Lagerga borgan kuchukcha.Anvar Obidjon(1 soat). Kuchuklar insonga do‘st ekanligi lagerga borgan kuchukcha misolida o‘z aksini topgan. Bahodirning kuchukchasi hammaga yoqib tushadi. Bolalar bilan birga o‘ynaydi. Kuchukchaning bolalarga do‘stligini hamma bolalar tan oladi. Ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qish. Maqol, topishmoq va tez aytishlar.