VIII bo‘lim. QUSHLAR, HAYVONLAR – BIZNING DO‘STIMIZ (5 soat, A1+: 2 soat )
89-mavzu. Bulbuljonim kuylasin. Quddus Muhammadiy (1 soat). Qushlar – bizning do‘stimiz. Bulbulning xush ovozi. Qushlar haqidagi maqol va topishmoqlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
90-mavzu. Chumchuq bola.O‘ktam Usmonov (1 soat). Qushlarning inson hayotidagi o‘rni va ularga munosabat. Boboxonning chumchuq bolasini qiynashi. Tal’at qushchani ayirboshlashi. Qushcha erkinlikda. Boboxonning hayrati. O‘quvchilarni qushlarni asrashga o‘rgatish. Qushlar haqidagi maqol va tez aytishlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
91- mavzu. Tuya, fil va olmaxon.Ertak (1 soat). Uy hayvonlari haqida ma’lumot. O‘rtoqlar va chin do‘st. Qo‘y va xo‘rozning do‘stlashishi. Qo‘y bo‘riga duch kelishi. Itning qo‘yni qutqarishi. Haqiqiy o‘rtoq. Nodon do‘st va ziyrak dushman. Do‘stlik haqidagi maqollar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
92-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat). “Qushlar va hayvonlar bizning do‘stimiz” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish, takrorlash va umumlashtirish. Topshiriqlarni bajarish va boshqotirmani hal etish orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamlash.
Nazorat ishi (1 soat) A1+ Mavzu. Kirpitikan. Hamza Imonberdiyev(1 soat). Kuzda barglarning to‘kilishi, hayvonlarning qish g‘amini yeyishi, ayrim sayyohlar barglarni yoqishi, kirpitikan ularni o‘chirishi misolida tabiatni va toza havoni asrashning ko‘rsatilishi. Ongli, to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish. Maqol, topishmoq va tez aytishlar.
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Adabiy-nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
A1 hikoya, ertak va she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi;
matnlarni ifodali, to‘g‘ri va tez o‘qiy oladi;
o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;
matnlarning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi;
o‘rganilgan mavzular doirasida kichik hajmli matn asosida bayon yoza oladi.