A1+ Mavzu. Teshik kulcha. Sobit G‘afurov(1 soat). Milliy qadriyatlardan biri bolalarning keksalarga yordam berishi. Matnda muammoli vaziyat – nega hammaga yordam beradigan Qobiljon ko‘zi ojiz kishiga yordam bermoqchi bo‘lishi va fikridan qaytishi. Hikoya mazmuniga doir maqol, topishmoqlar va tez aytish. Matnni ongli, to‘g‘ri o‘qish.
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish(1 soat). 50-mavzu. Qorqiz. Anvar Obidjon (1 soat). Qish faslida nishonlanadigan bayramlar. Yangi yil bayramining sevimli qahramoni – Qorqiz haqida. Qish fasli haqidagi maqol, topishmoq va tez aytishlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
51-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). 52-mavzu. Ayrilganni ... Latif Mahmudov (1 soat). Qish faslida daraxtlardagi o‘zgarishlar. O‘jar bargning qismati. Barg ramzida o‘jarlikning va ko‘pchilikdan ajralishning oqibati. Hikoya mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar. Hikoyani ongli, tez va ifodali o‘qish.
53-mavzu. Qor.Zafar Diyor (1 soat). Tabiat hodisalari va qor. Qor yog‘ishining tabiatga va inson salomatligiga ta’siri. Qish faslidagi bolalar o‘yinlari. Qish fasli haqidagi maqol va tez aytishlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu.Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). Mavzu. Qish ham chiroyli. Q. Muhammadiy (1 soat). Qishdagi go‘zal manzaralar, dala va daraxtlardagi o‘ziga xos go‘zallik. O‘quvchilarning qishda qunoq o‘yinlari, uyda dars tayyorlashga berilishi. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
54-mavzu. Tog‘ malikasi.Zahro Hasanova (1 soat). Qish faslida nishonlanadigan bayram – Yangi yil. Yangi yil bayramining asosiy bezagi. Archa daraxti. “Tog‘ malikasi”. Archa bezatish va go‘zallikdan zavqlanish. Archa haqidagi topishmoq va tez aytishlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
55-mavzu. Qorning ko‘p xosiyati bor.Ilyos Muslim (1 soat). Tabiat hodisalari. Qor va uning dehqonchilikka hamda inson salomatligiga ta’siri. Qor va bolalar quvonchi. Qish fasli haqidagi maqol va topishmoqlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish .