Biologik obyektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosalash kompetensiyasi:
A2
Baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar haqidagi umumiy ma’lumotlarni biladi.
A2+
Xordalilar, baliqlar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilarda boradigan biologik jarayonlarni kuzatib, tajribalar o‘tkazishni va xulosalar chiqarishni biladi.
Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiyasi:
A2
Baliqlarning tabiatdagi va inson salomatligi uchun ahamiyatini, ularni muhofaza qilishni, suvlarni ifloslanishdan saqlash yo‘llarini biladi;
suvda hamda quruqlikda yashovchilar, jumladan, amfibiyalarning atrof-muhitni tozalashda, tozalikni saqlashda ahamiyatini biladi;
tabiatda va inson hayotida hayvonlarning ahamiyati, ov qilinadigan hayvonlar, noyob va yo‘qolib borayotgan hayvonlarni muhofaza qilish yo‘llarini biladi.
A2+
inson salomatligiga ijobiy ta’sir qiladigan uy hayvonlarini saqlash va parvarish qilishni biladi. “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob hayvonlarni muhofaza qilish yo‘llarini biladi.
Mavzularni o‘rganish uchun – 58 soat, A2+: 89 soat).
Tabiatga ekskursiya uchun – 1 soat, A2+: 4 soat).
Umumlashtiruvchi takrorlash uchun – 1 soat.
Nazorat ishlari uchun – 8 soat.
Jami - 68 soat, A2+: 102 soat).
8-SINF
(68 soat, haftasiga 2 soat, (A1+: 102 soat, haftasiga 3 soat))
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A2
ijtimoiy vaziyatlarda ona tili hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish.
A2+
ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada ishlay olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
Dostları ilə paylaş: |