O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning biologiya fanidan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi toshkent-2017


Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat)



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə47/70
tarix17.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#131796
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70
umumiy-orta-talimning-biologiya-fanidan

Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat)
9-mavzu: Suyaklar. (1 soat, A2+: 2 soat)
Suyaklarning soni, xillari, shakli, tarkibiy qismi. Suyaklarning birikishi. Suyaklarning o‘sishi va ularning yoshga bog‘liq xususiyatlari.
10-11-mavzu: Muskullar. (2 soat, A2+: 3 soat)
Muskullar va ularning funksiyasi. Muskullarning asosiy guruhlari haqida tushuncha. Muskullar ishining nerv sistemasi orqali boshqarilishi. Muskullarning statik va dinamik ishi. Muskullarning charchashi.
12-13-mavzu: Tayanch-harakat sistemasining rivojlanishi. (2 soat, A2+: 3 soat)
Tayanch-harakat sistemasining rivojlanishida jismoniy tarbiya va mehnatning roli. Qomat va uning shakllanishi. Qomatning noto‘g‘ri shakllanish turlari, yassioyoqlik sabablari va uning oldini olish choralari.
Yiqilganda, suyaklar singanda va bo‘g‘imlar chiqqanda birinchi yordam ko‘rsatish.
Laboratoriya mashg‘uloti:
1. Muskullarning dinamik va statik ishini kuzatish.
2. Tayanch-harakat sistemasi shikastlanganda birinchi yordam ko‘rsatish.
Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: Odam skeletining umumiy ko‘rinishi, suyak qirqimlari kolleksiyasi, bosh suyagi, umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, qo‘l va oyoq suyaklari hamda bo‘g‘imlarning tuzilishini tasvirlovchi plakatlar. Shina (taxtakach) yoki faner, karton, yod, spirt, paxta. Mavzuga oid plakatlar va proeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar.


3-BOB. QON
(4 soat, A2+: 7 soat)


14-15-mavzu: Qon va uning vazafalari. (2 soat, A2+: 3 soat).
Qon-organizm ichki muhitining tarkibiy qismi, uning nisbiy doimiyligi. Qonning asosiy vazifalari: tashuvchanlik, himoya, organizm funksiyalarini gumoral yo‘l bilan boshqarishdagi va tana haroratining nisbiy doimiyligini saqlashdagi ishtiroki.
16-mavzu: Qonning fiziologik xususiyatlari. (1 soat, A2+: 3 soat).
Qonning fiziologik xususiyatlari: solishtirma og‘irligi, osmotik bosimi. Qonning kimyoviy tarkibi, qon zardobi va shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar). Qonning ivishi, qon guruhlari. Immunitet, uning turlari (tug‘ma, turmushda orttirilgan, tabiiy va sun’iy).

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin