Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: Bosh miya po‘stlog‘ida sezgi organlari markazlarining joylashuvi, ko‘rish analizatori, eshitish analizatorlari tuzilishi, eshitish organi barelef modeli, teri retseptorlarini aks ettiruvchi plakatlar va proeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanma.
56-57-mavzu: Ko‘payish organlari. (2 soat, A2+: 3 soat) Ko‘payishning ahamiyati. Ko‘payish organlarining tuzilishi. Erkak va ayol jinsiy organlari.
58-59-mavzu: Urug‘lanish. (2 soat, A2+: 3 soat) Urug‘lanish va homilaning rivojlanishi. Bola tug‘ilishi. Bolaning o‘sishi va rivojlanishi. Sog‘lom avlod kamoli. Ona-bolaga g‘amxo‘rlik to‘g‘risida hukumat qarorlari. Sog‘lom avlod dasturi.
Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat) Umumlashtiruvchi dars. (1 soat, А2+1 соат). Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: Ayollik ichki jinsiy organlari, homilaning bachadon ichida joylashishi tasvirlangan plakatlar. Bir yoshgacha bo‘lgan bolaning kalla suyaklari tuzilishini va uning umurtqa pog‘onasida anatomik egriliklar hosil bo‘lishini aks ettiruvchi plakatlar va proeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Biologik obyektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi: A2 ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va uning asosiy vazifalarini biladi va izohlay oladi;
moddalar va energiya almashinuvining umumiy tavsifi, assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlarini biladi va izohlay oladi;
terining tuzilishini va funksiyasini biladi, izohlay oladi;
ayirish organlarining tuzilishini va funksiyasini biladi va izohlay biladi;
nerv sistemasining tuzilishini, uning ahamiyatini biladi va izohlay oladi;
oliy nerv faoliyati, shartsiz va shartli reflekslar, refleks yoylari tuzilishi va funksiyasi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni biladi va izohlay oladi;
sezgi organlarining tuzilishi va funksiyasi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni biladi va izohlay oladi;
A2+ ko‘payish organlarining tuzilishi va funksiyasi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni biladi va izohlay oladi.