Mavzularni o‘rganish uchun – 59 soat, A2+: 93 soat.
Umumlashtiruvchi takrorlash uchun – 1 soat.
nazorat ishlari uchun – 8 soat.
Jami 68 soat, A2+: 102 soat.
9-SINF
(68 soat, haftasiga 2 soat, A1+: 102 soat, haftasiga 3 soatdan)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A2
ijtimoiy vaziyatlarda ona tili hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada ishlay olishi, biologiyadan olgan bilimlari asosida prokariot, eukariot organizmlarni bilish.
A2+
hujayra va uning tarkibiy qismi, ontogenez, genetika va seleksiya sohasidagi bilimlarga ega bo‘lish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
mediamanbalardan zarur prokariot, eukariot organizmlar, hujayra va uning tarkibiy qismi, ontogenez, genetika va seleksiyaga oid ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan foydalana olish.
A2+
mediamanbalarning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallashni hamda mediamadaniyatga ega bo‘lish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
doimiy ravishda o‘zini-o‘zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida tirik organizmlar (prokariot, eukariotlar, ularning hujayraviy, individual rivojlanish, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, seleksiya) haqida mustaqil ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganish.
A2+
bilim va tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burchi va huquqlarini bilishi.
A2+
tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlariga rioya qilishi, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy, ekologik madaniyatga ega bo‘lish.
Dostları ilə paylaş: |