Biologik obyektlardagi o‘xshashlikni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosalash kompetensiyasi: A2 so‘lak fermentining kraxmalga ta’sirini laboratoriya mashg‘ulotida o‘rganishga oid tajriba o‘tkazishni, kuzatishni va xulosalar tayyorlashni biladi;
jadvaldan foydalanib, odamning kunlik ovqat ratsionida zarur bo‘lgan oqsil, uglevodlar, yog‘lar va qancha kkal energiya bo‘lishini aniqlashni laboratoriya mashg‘ulotida o‘rganishni, tajriba o‘tkazishni, kuzatishni va xulosalar tayyorlashni biladi;
terining tuzilishini o‘quv mashg‘ulotda o‘rganishni va kuzatishni, kodoskop, multimedia yordamida ko‘rishni va xulosalar tayyorlashni biladi;
nefronlarni mikroskopik tuzilishini o‘quv mashg‘ulotda o‘rganishni va kuzatishni, kodoskop, multimedia yordamida ko‘rishni va xulosalashni biladi;
oliy nerv faoliyati - odam xulq-atvorining asosi ekanligini o‘quv mashg‘ulotda o‘rganishni va kuzatishni, multimedia vositalari yordamida ko‘rishni, xulosalar tayyorlashni biladi;
ko‘zning ko‘rish o‘tkirligini aniqlashni va ko‘zning qorachig‘i reflekslarini laboratoriya mashg‘ulotda o‘rganishni va kuzatishni, multimedia yordamida ko‘rishni va xulosalar tayyorlashni biladi;
tizza refleksi hosil bo‘lishini laboratoriya mashg‘ulotida kuzatish, multimedia yordamida ko‘rish, tajribalar o‘tkazish va xulosalar tayyorlashni biladi.
A2+ erkak va ayol jinsiy organlarining tuzilishi, urug‘lanish va homilaning rivojlanishi, bola tug‘ilishi, bolaning o‘sishi va rivojlanishi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni biladi va xulosalar tayyorlay oladi;
Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya: A2 ovqat hazm qilish organlarining gigiyenasi, ovqat hazm qilish sistemasining yuqumli va yallig‘lanish kasalliklaridan saqlanishni biladi;
ovqatlanish rejimi va ratsional ovqatlanishni biladi;
organizmni chiniqtirish, teri gigiyenasi, kiyim va poyafzalga bo‘lgan gigienik talablar, teri shikastlanganda birinchi yordam ko‘rsatishni biladi;
siydik ayirish organlari kasalliklari va ularning oldini olishni biladi.
A2+ nerv sistemasining bir butunligi va uning kasalliklari, nerv sistemasi gigiyenasi, aqliy va jismoniy mehnat gigiyenasini biladi;
analizatorlarning ahamiyati va gigiyenasini biladi.