39-mavzu: Nerv sistemasining ahamiyati va tuzilishi. (1 soat, A2+: 2 soat) Nerv sistemasining ahamiyati. Nerv sistemasining tuzilishi. Orqa miyaning tuzilishi va funksiyasi. Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi.
40-41-mavzu: Uzunchoq, o‘rta va oraliq miya. (2 soat, A2+: 3 soat) Uzunchoq miya. O‘rta va oraliq miya. Miyacha. Po‘stloq osti nerv markazlari (oqimtir yadro va targ‘il tana).
42-43-mavzu: Bosh miya katta yarim sharlari. (2 soat, A2+: 3 soat) Bosh miya katta yarim sharlari. Vegetativ nerv sistemasi (simpatik va parasimpatik nervlar). Nerv sistemasining kasalliklari.
Laboratoriya mashg‘uloti:Tizza refleksi hosil bo‘lishini kuzatish.
Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: Nerv sistemasining umumiy tasviri, markaziy nerv sistemasi (bosh va orqa miya, vegetativ nerv sistemasi) tuzilishlarini, refleks yoyini aks ettiradigan plakatlar. Bosh va orqa miya tuzilishi barelef modeli, tizza refleksi tasvirlangan darslikdagi rasm, rezina bolg‘acha. Mavzuga oid proeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanma.
Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat)
12-BOB. OLIY NERV FAOLIYATI (6 soat, A2+: 8 soat)
44-45-mavzu: Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. (2 soat, A2+: 3 soat) Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Shartsiz va shartli reflekslar. Refleks yoylari. Refleks turlari (ovqatlanish, himoyalanish, mo‘ljal olish, jinsiy reflekslar). Musbat va manfiy, foydali va zararli reflekslar. Birinchi va ikkinchi signal sistemasi.
46-47-mavzu: Shartli reflekslar. (2 soat, A2+: 2 soat) Turli odamlarda shartli reflekslarning xususiyatlari. Markaziy nerv sistemasida tormozlanish. Tashqi (shartsiz) va ichki (shartli) tormozlanish. Ularning turlari va ahamiyati.