Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya:
A2
odamning har xil muhit sharoitlariga moslashuvini biladi;
tug‘ma, turmushda orttirilgan, tabiiy va sun’iy immunitetni o‘rganish, tashqi muhit omillarining yurak faoliyatiga va qon bosimiga ta’sirini, yurak-qon tomir sistemasi kasalliklarining oldini olish yo‘llarini biladi;
A2+
sun’iy nafas oldirishni, nafas olish organlarining kasalliklarini, nafas olish organlari gigiyenasini, nafas olish organlariga chekishning zararli ta’sirini biladi, nafas olish sistemasini yuqumli va yallig‘lanish kasalliklaridan saqlanish yo‘llarini biladi.
29-30-mavzu: Ovqat hazm qilish organlarining kasalliklari. (2 soat, A2+: 3)
Oshqozon-ichak kasalliklari va ularning oldini olish. Spirtli ichimliklar ichish va giyohvandlikning hazm qilish organlariga zararli ta’siri.
Laboratoriya mashg‘uloti: So‘lak fermentining kraxmalga ta’sirini o‘rganish.
Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: Oshqozon tuzilishining barelef modeli, biologiya o‘qituvchisining laboratoriya asbob anjomlari to‘plami (3 ta probirka, 3 ta tomizgich), raqamli termometr, biologiya xonalari uchun polipropilenli o‘lchov idishlari to‘plami, tarmoq adaptori, biologiya xonalari uchun kimyoviy reaktivlar to‘plami (kraxmal, yodning suvdagi kuchsiz eritmasi, xlorid kislotasining 0,1 foizli eritmasi), muz solingan idish, so‘lak fermenti (10 ml), ovqat hazm qilish trakti barelef modeli. Ovqat hazm qilish organlari (og‘iz bo‘shlig‘i, tish, xalqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ichaklar, jigar va me’da osti bezi) tuzilishini va faoliyatini tasvirlovchi plakatlar, proeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar.
7-BOB. MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI
(3 soat, A2+: 5 soat)
31-mavzu: Moddalar almashinuvi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Moddalar va energiya almashinuvining umumiy tavsifi.
Assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari. Oqsillar, yog‘lar va uglevodlar almashinuvi. Suv va mineral tuzlar almashinuvi.
Dostları ilə paylaş: |