17-18-mavzu: Prokariot hujayralar. (2 soat, A2+: 3 soat)
Prokariot hujayra. Bakteriyalar. Bakteriya hujayrasining tuzilishi. Bakteriyalardagi hayotiy jarayonlar: oziqlanish, nafas olish, ko‘payish, spora hosil bo‘lishi. Bakteriyalarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Ko‘k-yashil suvo‘tlar.
19-20-mavzu: Eukariot hujayralar. (2 soat, A2+: 3 soat)
Eukariot hujayra. Eukariot hujayraning tuzilishi. Plazmatik membrana. Plazmatik membrananing tuzilishi, xususiyatlari, funksiyalari.
21-22-mavzu: Hujayra organoidlari. (2 soat, A2+: 3 soat)
Sitoplazma. Hujayraning membranasiz va membranali organoidlari: endoplazmatik to‘r, ribosomalar, golji majmuasi, mitoxondriya, plastidalar, lizosomalar, vakuolalar, hujayra markazi, sitoskelet, hujayraning harakat organoidlari, ularning tuzilishi, funksiyalari. Kiritmalar, ularning xilma-xilligi, ahamiyati.
23-mavzu: Yadro va uning uning tuzilishi. (1 soat, A2+: 2 soat)
Yadro, uning tuzilishi, funksiyalari. Xromosomalar, ularning tuzilishi. Somatik va jinsiy hujayralar haqida tushuncha. Kariotip. Genom.
24-mavzu: Prokariot va eukariot hujayralar. (1 soat, A2+: 1 soat)
Prokariot va eukariot hujayralarning tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlar. Bakteriya, zamburug‘, o‘simlik va hayvon hujayralarning tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlar. Eukariot hujayraning kelib chiqishi.
25-mavzu: Laboratoriya mashg‘uloti. (1 soat (A+:2 soat))
Laboratoriya mashg‘uloti: Prokariot hujayraning tuzilishini o‘rganish
Laboratoriya mashg‘uloti: O‘simlik va hayvon hujayralarining tuzilishini mikroskop yordamida o‘rganish.
Dostları ilə paylaş: |