Laboratoriya mashg‘uloti: Qonning shaklli elementlarini o‘rganish.
Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: yurak tuzilishining barelef modeli,qon zardobi va shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar)ni hamda qon guruhlarini tasvirlovchi plakatlar, biologiya o‘quv laboratoriya xonasi kimyoviy reaktivlar to‘plami, biologiya o‘qituvchisining laboratoriya asbob-anjomlar to‘plami, mavzuga oid plakatlar va proeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar.
Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat)
17-18-mavzu: Qon aylanish sistemasi va yurak tuzilishi. (2 soat, A2+: 3 soat) Qon aylanish sistemasi bo‘yicha umumiy tushuncha. Yurak tuzilishi.
19-20-mavzu: Yurakning ishi. (2 soat, A2+: 3 soat) Yurakning ishi. Yurak avtomatiyasi. Yurak biotoklari. Katta va kichik qon aylanish doiralari. Limfa aylanishi.
21-22-mavzu: Taloq, qonning tomirlar bo‘ylab harakati. (2 soat, A2+: 3 soat) Taloq, qonning tomirlar bo‘ylab harakati (gemodinamika qonuni). Tomir urishi (arteriya va vena tomirlarining urishi). Qon bosimi. Yurak-qon tomirlar faoliyatini nerv va gumoral yo‘l bilan boshqarilishi. Tashqi muhit omillarining yurak faoliyatiga va qon bosimiga ta’siri.
Laboratoriya mashg‘ulot:Jismoniy mashqlarning yurak-qon tomir sistemasiga ta’sirini baholash.
Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: yurakning odam tanasida joylashuvi va uning tuzilishini tasvirlovchi plakatlar. Yurak elektrokardiogrammasini aks ettiruvchi grafik. Katta va kichik qon aylanish doiralari, odam tanasida limfa tugunlarining joylashuvi tasvirlangan plakatlar va proeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar.