Biologik obyektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi: A2 odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi haqida tushunadi va izohlay oladi;
odam tanasining tuzilishi va funksiyasi, hujayralar shakli, tuzilishi va ko‘payishi, to‘qimalarning tuzilishi, joylashuvini biladi va izohlay oladi;
qon organizm ichki muhitining tarkibiy qismi ekanligi, qon guruhlari, hususiyatlarini tushunadi va tushuntira oladi;
qon aylanish sistemasi va uning asosiy vazifalarini biladi va izohlay oladi;
yurakning tuzilishi, katta va kichik qon aylanish doiralari, limfa aylanishi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni biladi va uni izohlay oladi;
nafas olish organlarining tuzilishi va uning asosiy vazifalarini biladi va izohlay oladi.
A2+ Odam organizmining tuzilishi to‘g‘risida ma’lumotlarni biladi, odam organizmida kechadigan jarayonlarni tushunadi, ularni izohlay oladi.
Biologik obyektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosalash kompetensiyasi: A2 odam tanasidagi to‘qimalar va hujayralardan olingan tayyor preparatlarni tuzilishini laboratoriya mashg‘ulotlarida mikroskop, multimedia yordamida ko‘rishni biladi, oddiy tajribalar o‘tkaza oladi va xulosalar tayyorlay oladi;
qonning shaklli elementlarining tuzilishini laboratoriya mashg‘ulotida o‘rganish va kuzatishni, multimedia vositalari yordamida ko‘rishni, tajribalar o‘tkazishni va xulosalar tayyorlashni biladi;
jismoniy mashqning yurak-qon tomirlar sistemasiga ta’sirini baholashni laboratoriya mashg‘ulotida o‘rganishni va kuzatishni, multimedia yordamida ko‘rishni, sekundomer, fonendoskop, tonometrda tajribalar o‘tkazishni va ularga xulosalar tayyorlashni biladi.
A2+ ko‘krak qafasining harakatini kuzatishni va nafas bilan chiqadigan havodagi karbonat angidrid gazini aniqlashga oid tajriba o‘tkazishni, o‘rganishni va kuzatishni, kodoskop, multimedia yordamida ko‘rish, spidometrda tajribalar o‘tkazishni va xulosalar tayyorlashni biladi.