32-33-mavzu: Vitaminlar. (2 soat, A2+: 3 soat) Vitaminlar. Energiya almashinuvi. Ratsional ovqatlanish. Bir kecha-kunduzgi ovqatlanish me’yori.
Laboratoriya mashg‘uloti:jadvaldan foydalanib, kunlik ovqat ratsionida necha gramm oqsil, yog‘, uglevodlar va qancha kkal energiya bo‘lishini aniqlash.
Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: tarkibida har xil vitaminlar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari (sabzavotlar, mevalar, hayvon mahsulotlariga oid plakatlar, rasmlar). Odamda energiya sarfini vositasiz kalorimetriya usulida aniqlashni tasvirlovchi rasm. Mavzuga oid plakatlar va proeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar.
34-35-mavzu: Ayirish organlari. (2 soat, A2+: 3 soat) Ayirish organlarining ahamiyati. Ayirish organlari. Buyraklarning tuzilishi va funksiyasi. Siydik ayirish organlari kasalliklari va uning oldini olish.
Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: Siydik ayirish organlari va bo‘yrak tuzilishining barelef modellari, umumiy ko‘rinishini, buyrakning ichki ko‘rinishi va mikroskopik tuzilishini (nefronlarni) tasvirlovchi plakatlar va proeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar.
9-BOB. TERI (1 soat, A2+: 2 soat)
36-mavzu: Teri. (1 soat, A2+: 2 soat) Terining tuzilishi va funksiyasi. Organizmni chiniqtirish. Teri gigiyenasi. Kiyim va poyafzalga bo‘lgan gigiyenik talablar. Teri shikastlanganda birinchi yordam ko‘rsatish.
Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat) Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: Teri tuzilishini tasvirlovchi plakat va barelef modeli. Mavzuga oid proeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar.
37-38-mavzu: Ichki sekresiya bezlari. (2 soat, A2+: 3 soat) Tashqi va ichki sekresiya bezlari haqida umumiy tushuncha. Ichki sekresiya bezlarining ahamiyati. Gipofiz. Epifiz. Qalqonsimon bez. Qalqon oldi bezlari. Qalqonsimon bez kasalliklarini o‘rganish va davolashda o‘zbek olimlari - Yo.X. To‘raqulov, R.K. Islombekov ishlari. Ayrisimon bez. Buyrak usti bezlari. Me’da osti bezlari. Jinsiy bezlar.