15-17-mavzu. Mehnat baxt keltirar. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: mehnatni qadrlash, mehnat qilish, mehnatsevarlik, mehnatda
tanilgan, mehnatning rohati, ulug‘lanadi, qadrlanadi kabi so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: To‘ldiruvchi, uning turlari, gapdagi o‘rni (2 soat). Vositasiz
to‘ldiruvchining qo‘shimchasiz qo‘llanishi (1 soat).
Adabiy o‘qish: Mehnat haqidagi matnlar, maqollar va she’rlar.
18-20-mavzu. Burch va huquqlarimiz. (2 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: baxtimiz qomusi, qonun moddalari, qonunchilikka amal qilish,
odob-ahloq qoidalari, jamiyat oldidagi burch, farzandlik burchi, burchga
sadoqat kabi so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Vositali to‘ldiruvchilar (1 soat), uning kelishik qo‘shimchalari
bilan qo‘llanishi (1 soat) ko‘makchilar bilan qo‘llanishi (1 soat).
Adabiy o‘qish: huquq va burch haqidagi matnlar, she’rlar, maqollar.
Nazorat ishi: matn yaratish. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. (1 soat)
203
21-22-mavzu. Axborot resurs markazida. (2 soat, A2+ 3 soat)
Leksika: ma’rifat markazi, axborot-resurs markazi, ma’lumotlar bazasi,
elektron ma’lumotlar, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona, foydalanuv-
chilar ro‘yxati, adabiyotlar ro‘yxati kabi so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Aniqlovchi, uning turlari (1soat). Sifatlovchi aniqlovchilar,
ularning ifodalanishi (1 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid matnlar, ma’lumotlar, suhbatlar.
23-25-mavzu. Me’morchilik obidalari. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: me’morchilik, qadimiy obidalar, osmono‘par minoralar, moviy
gumbaz, Registon maydoni, naqshinkor madrasalar, zamonaviy inshootlar,
ganchkorlik, sharqona usul, me’morchilik an’anasi kabi so‘zlar va birikmalar.
Dostları ilə paylaş: |