O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə5/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;
malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish
vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda
qo‘llay olish qobiliyati.
14. Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta
ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini
hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan
mezonlar majmuidan iborat.
5-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini joriy etish 
tartibi 
15. O‘zbekiston Respublikasida davlat ta’lim standartini joriy etish,
muvofiqlashtirish, unga metodik rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
16. Davlat ta’lim standartini joriy etish, shu jumladan, umumta’lim fanlari
bo‘yicha ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan minimal talablarni, umumiy o‘rta
ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash
pedagogik tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, ularga ekspert baho
berilgach amalga oshiriladi.
17. Davlat ta’lim standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
amalga oshiriladi.
6-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti talablariga rioya 
etilishini nazorat qilish 
18. Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga
oshirishning maqsadi — davlat ta’lim standarti talablarini bajarish darajasini



8
aniqlash, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida ta’lim sifatini


ta’minlashdan iborat.
19. Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazorat O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan quyidagi ko‘rinishlarda amalga
oshiriladi:
davlat ta’lim standarti talablari asosida barcha umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan malaka talablariga baho berish;
tayanch o‘quv reja va o‘quv dasturlarining bajarilishini tahlil qilish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasida davlat ta’lim standartlari talablari
bajarilishi va ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni, foydalanilgan pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining natijaviyligini tahlil qilish.
20. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan
iborat:
ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi
tomonidan amalga oshiriladi;
tashqi nazorat — ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq
ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi;

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin