O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


Mark Tven. “Tom Coyerning yangi sarguzashtlari”. (A2+: 3 soat)



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə102/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

Mark Tven. “Tom Coyerning yangi sarguzashtlari”. (A2+: 3 soat) 
Mark Tven hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot.
“Tom Coyerning yangi sarguzashtlari” asari avtobiografik asar sifatida. Tom
– ta’qiqlarni buzuvchi, yangilikka intiluvchi, xayolparast va tirishqoq bola sifatida
tasvirlanganligi. Asarda bolalar dunyosining o‘ziga xos tarzda tasvirlangani.
Asarning badiiy-estetik xususiyatlari va ma’rifiy, badiiy ahamiyati.
16-18-mavzu. Ch. Aytmatov. “Oq kema” qissasi. (3 soat, A2+: 5 soat) 
Adib haqida qisqacha ma’lumot. “Oq kema” qissasida ta’sirchan, beg‘ubor va
xayolchan bola timsolining tasvirlanishi. Shuningdek, uning qalbiga xos pokiza va
ezgu tuyg‘ularning bobosi Mo‘min chol tabiatida ham namoyon bo‘lishi. Go‘zal



99
insoniy tuyg‘ular sohibining manfaatparastlar davrasida yashashi nechog‘lik og‘ir


ekanligi bola, chol va O‘rozqul munosabatlarida aks etishi. Bu holatning bola
ruhiyatiga dahshatli ta’siri.
Hayotiy voqelik va bolaning xayolot olami o‘rtasidagi shafqatsiz ziddiyatning
ko‘rsatilishi. Qabohatlar manbai qayerdaligini bilmagan va ularga qarshilik
qilishdan ojiz gunohsiz bolaning bu bulg‘anch dunyoni tashlab ketishi insonning
ma’naviy tanazzuliga qilingan isyon ekanligi.
Ona bug‘u obrazi va uning ramziy xususiyati.
Nazariy ma’lumot. Ramziy obrazlar.

O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan 
asarlar: 
Asqad Muxtor. She’rlar.
Mirmuhsin. “Me’mor” romanidan parcha.
O‘lmas Umarbekov. “Qiyomat qarz” hikoyasi.
Chingiz Aytmatov. “Oq kema” qissasi.

III. O‘TMISHDAN SADOLAR 
(12 soat, A2+: 10 soat) 

19-21-mavzu. “Ravshan” dostoni. (3 soat, A2+: 5 soat)
Ishqiy-sarguzasht dostonlarning o‘zbek xalq dostonchiligida katta o‘rin
tutishi. Bu xil dostonlarda ishqiy mojarolarning asosiy mavzu ekanligi.
“Go‘ro‘g‘li” turkumidagi ishqiy-sarguzasht dostonlar va mazkur turkumda
“Ravshan” asarining tutgan o‘rni.
Doston voqealarining turkiy xalqlar dostonchiligida keng tarqalgan motiv
ekanligi. Dostonning bizgacha yetib kelishida Ergash Jumanbulbulning xizmati.
Dostondagi Go‘ro‘g‘li, Yunus pari, Avazxon, Ravshan, Zulxumor, aka-ukalar
obrazlarining tahlili.
Nazariy ma’lumot. Badiiy obraz va mubolag‘ali tasvir.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin