4-5-mavzu. Saida Zunnunova. “Mening Vatanim!”, “Yer uzra qo‘ndi oqshom”, “Qizimga”, “Buvilar duoga qo‘llarin ochib” she’rlari. (2 soat) Shoira hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Saida Zunnunova
she’rlaridagi tuyg‘ular teranligi va samimiyligi. “Mening Vatanim!” she’rida
yurtga muhabbat tuyg‘ularining ifoda qilinganligi. “Yer uzra qo‘ndi oqshom”,
“Qizimga” she’rlarida ona mehrining badiiy yo‘sinda ifodalanganligi.
Saida Zunnunova she’rlarining badiiy xususiyatlari.
6-7-mavzu. Shuhrat. “Mardlik afsonasi” balladasi. (2 soat) Shuhrat hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot. “Mardlik afsonasi”
balladasida o‘zbek xalqining eng qadimgi zamonlarda mustaqillik uchun olib
borgan kurashining tasvirlanishi. To‘maris obrazi. To‘maris boshchiligidagi xalq
jasoratining ballada janriga xos poetik vositalar orqali tasvirlanishi. “To‘maris”
hikoyasi bilan “Mardlik afsonasi” balladasi o‘rtasidagi yaqinlik va farqli tomonlar.
Balladaning tarbiyaviy ahamiyati.
Nazariy ma’lumot. Ballada haqida.
8-mavzu. Rasul Hamzatov. “Ona tilim”, “Kenja nevaram Shahrizodga” she’rlari. (1 soat, A2+: 3 soat) Shoir hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
“Ona tilim” she’rida ona tilining millatni, shu millatga mansub har bir
shaxsning o‘zligini saqlab qoluvchi vosita ekanligining ko‘rsatilishi. Tilga
muhabbat orqali elga muhabbat paydo bo‘lishining ifodalanishi. “Kenja nevaram
Shahrizodga” she’rida avlodlar o‘rtasidagi vorislik, davomiylik va ma’naviy
javobgarlik tuyg‘ularining aks etishi.
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan asarlar: Hamza she’rlari.
Saida Zunnunova. “Mening Vatanim!” she’ri.
Shuhrat. “Mardlik afsonasi” asari.
Rasul Hamzatov. “Ona tilim” she’ri.