O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə146/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

o‘qish, yozish, so‘ngra lug‘at, nutq namunalari, tinglab tushunish, so‘zlash, 
o‘qish va yozish bo‘yicha o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi shakllantiriladi.
5-9-sinflardan boshlab esa o‘quvchilarga o‘zbek tilida so‘z tarkibi,
so‘zlarning yasalishi va o‘zgarishi, so‘z turkumlari, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi,
so‘z birikmasi hamda gap tuzish qonuniyatlarini o‘rgatish yuzasidan nazariy
bilimlarni berish ko‘zda tutiladi. Ushbu bilimlar asosida hosil qilinadigan
ko‘nikma-malakalar bitiruvchilarda o‘zbek tilida so‘zlarni o‘zaro to‘g‘ri bog‘lab
gap tuza olish, nutqning dialogik va monologik shakllarida erkin muloqot yurita
olish kompetensiyasini shakllantirishi lozim. Shundan kelib chiqib o‘quv dasturida
sinflar kesimida har bir nutqiy mavzu doirasida leksik-grammatik minimum (faol
so‘zlar, birikmalar, so‘z shakllari), muomala odobi, adabiy o‘qish va ish 
qog‘ozlarini 
yozish
yuzasidan
materiallar
berildi.
Ushbu
materiallar
o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 5-6-sinflarda leksika, 
grammatika, muomala odobi, adabiy o‘qish; 7-9-sinflarda esa leksika,
grammatika, ish qog‘ozlarini yozish va adabiy o‘qish sifatida taqsimlandi.
Bunda nutqiy kompetensiya har bir sinf uchun uzviylik va uzluksizlik asosida
belgilangan nutqiy mavzular va ular bo‘yicha beriladigan faol so‘z va birikmalar,
nutq namunalarida, lingvistik kompetensiya esa grammatik bilimlar va so‘z
shakllarida ifodalanadi. Grammatika bilan tanishtirishda 5-8-sinflarda tilning
morfologiya bo‘limiga oid ma’lumotlarni, 9-sinfda esa sintaksis bo‘limiga oid so‘z
birikmasi va sodda gapga doir ma’lumotlarni soddadan murakkabga tomon
izchillikda o‘stirib boriladi. O‘zlashtirilgan so‘zlar, birikmalar va egallangan
bilimlar
orqali
o‘quvchilarda
nutqiy
va
lingvistik
kompetensiyalarni
shakllantirishga erishiladi.



141
O‘zbek tilini o‘qitishda, shuningdek, muomala odobi va rasmiy muloqot


yuritish hamda adabiy o‘qish bo‘yicha beriladigan materiallarning o‘rni ham
nihoyatda muhim. Shunga ko‘ra, 5-sinfda muomala odobiga oid iboralar, 9-
sinfda esa rasmiy ish qog‘ozlari yuritishga oid ma’lumotlarni berildi. Adabiy
o‘qish materiallari ham o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
taqsimlandi: 5-sinfda o‘quvchilarni ertaklar, she’rlar, topishmoq va maqollar bilan,
6-7-sinflarda hikoyalar, rivoyatlar, o‘zbek bolalar adabiyoti namunalari bilan
tanishtirish, 8-9-sinflarda esa o‘zbek yozuvchilarining asarlaridan parchalar,
publitsistik matnlar ustida ishlash ko‘zda tutildi. O‘quv dasturida har bir bo‘lim
bo‘yicha o‘quvchilarda A1, A1+, A2, A2+ darajalar uchun shakllantiriladigan
tayanch va fanga oid kompetensiyalarning elementlari nutqiy mavzu va shu mavzu
doirasida beriladigan bilimlar mazmunidan kelib chiqib belgilandi.
O‘zbek tili fanidan o‘quv dasturidagi “Kun tartibim”, “Tejamkorlik”, “Suv –
hayot manbai”, “O‘zbekistonning suv havzalari”, “Tejamkor bo‘laylik”,
“Ekologiya va biz” kabi mavzularni o‘tishda “Tejamkorlik saboqlari” o‘quv
qo‘llanmasidagi materiallardan unumli foydalanish mumkin. Quyida A1, A1+, A2,
A2+ darajalar uchun shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalarning elementlari
berildi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin