O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


A1+ inkor, tasdiq va buyruqni ifodalovchi vositalarni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi; sodda matn tuza oladi. A2



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə145/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

A1+
inkor, tasdiq va buyruqni ifodalovchi vositalarni og‘zaki va yozma nutqda
to‘g‘ri qo‘llay oladi;
sodda matn tuza oladi.
A2
o‘zbek tilidagi mustaqil so‘zlar, ularning yasalishi va morfologik shakllarini
nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
gaplarni ma’noli bo‘laklarga ajrata oladi;
gaplarda tinish belgilarni to‘g‘ri qo‘llay oladi;
grammatik atamalarni nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
yasama (sodda, qo‘shma, juft) so‘zlar va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarni
og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
so‘zlarning yozilishi, grammatik vositalarning so‘zlarga qo‘shilishi bilan
bog‘liq imlo qoidalarini biladi va ularni nutqda qo‘llay oladi.
A2+
kasb-hunarga oid leksikani og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
o‘zbek tilidagi yordamchi so‘zlar va ularni o‘zaro bog‘lovchi vositalarni
nutqda qo‘llay oladi;
sodda gaplar tarkibida uyushiq bo‘laklar, ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlarni
to‘g‘ri qo‘llay oladi.
B1
kasb-hunarga oid lug‘at minimumi, o‘zbek tilining milliy-madaniy leksikasini
nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
murakkablashgan sodda va qo‘shma gaplarni, qo‘shma gaplarni bog‘lovchi
vositalarni biladi;
o‘zbek tilining so‘zlashuv, badiiy, ommabop, rasmiy nutq uslublarini biladi;
ma’muriy ish qog‘ozlari, mutaxassislikka oid ichki hujjatlar, hisobotlarni
to‘g‘ri yoza oladi.
B1+
Mutaxassislik sohasidagi matnlar va suhbatlar mazmunini, atamalar ma’nosini
tushuna oladi;
murakkablashgan sodda va qo‘shma gaplarni, qo‘shma gaplarni bog‘lovchi
vositalarni farqlay oladi;
mutaxassislikka oid mavzularda ma’ruzalar qila oladi;
bitiruv malakaviy ishi va uning qisqa mazmunini yoza oladi.



140
O‘ZBEK TILI FANI O‘QUV DASTURI 


(2-9-sinf) 

UQTIRISH XATI 

Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


o‘zbek tili fanidan 2-9-sinflari o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartining A1, A1+, A2, A2+
darajasi talablari asosida tuzilgan. Ushbu ta’lim bosqichlari bitiruvchilari Davlat
ta’lim standartining mazkur darajalari uchun qo‘yilgan talablarga javob berishlari
shart.
Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
o‘zbek tili kommunikativ tamoyil asosida ikkinchi til sifatida o‘qitiladi. Shuning
uchun ta’lim mazmunida asosiy diqqat-e’tibor nutqiy va lingvistik kompetensiyaga
qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning o‘zbek tilidan egallaydigan lingvistik bilimlari
vositasida kundalik turmush, ijtimoiy-madaniy hayot, mutaxassislik sohalarida
og‘zaki va yozma erkin muloqot yurita olishlariga qaratilgan.
Boshlang‘ich ta’limda o‘zbek tili fanini o‘qitishdan maqsad, avvalo, o‘zbek
tilining nutq tovushlari va harflari bilan tanishtirish, so‘ngra o‘quvchilarning lug‘at
boyligini oshirish, o‘zbek tilida muloqotga kirisha olish ko‘nikmalarini hosil
qilishdan iboratdir. Shunga ko‘ra 2-4-sinflar o‘quv dasturida avval talaffuz qilish, 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin