O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


O‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə144/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

O‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari 
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 
o‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsadi:
o‘quvchilarning o‘qish va mehnat jarayonida, jamoat joylarida turli nutqiy
vaziyatlarda mustaqil ravishda fikrini bayon eta olish, eshitilgan axborotni idrok
etish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish;
o‘zbek adabiyotining eng sara namunalari, o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy
hayoti, jahon madaniyatiga va milliy madaniyatga hissa qo‘shgan buyuk allomalar
ijodiy merosini o‘rganish orqali milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda
bo‘lish malakasini rivojlantirishdan iborat.



137
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 


o‘zbek tili fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
o‘quvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun
o‘zbek tili fani bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo‘llash
malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish;
o‘quvchilarning
o‘zbek
tilida
og‘zaki
va
yozma
savodxonligini
rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;
o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlari asosida o‘zini o‘zi mustaqil
rivojlantirish, egallangan bilim, ko‘nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo‘llay
olishga qaratilgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
O‘zbek tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’lim muassasalari o‘quvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 
1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish):
A1 
sodda savollar va gaplar, suhbatlarni tinglab tushuna oladi;
berilgan matnni (badiiy asardan parcha, she’r) o‘qib tushuna oladi;
matn ( topishmoq, maqol, ertak, kichik hikoya, she’r) tarkibidagi yangi so‘zlar
ma’nosini lug‘at yordamida tushuna oladi;
sodda savollarga javob bera oladi, ma’lumot so‘ray oladi;
o‘zi, oilasi, yashash joyi, do‘stlari, tanishlari haqida gapira oladi;
mamlakatimiz ramzlari va bayramlari, an’analari haqida gapira oladi;
audio-video vositalar yordamida eshittirilgan so‘zlar va gaplar ma’nosini
tushunib, gapira oladi;
topishmoq, tez aytish, ertak va kichik hikoyalarni o‘qib tushunadi, mazmunini
so‘zlab bera oladi;
o‘zbek tilida o‘zlashtirilgan 600 ta so‘zni nutqida qo‘llay oladi;
o‘rganilgan mavzu doirasida o‘z fikrini 6 — 8 ta gap bilan izchil bayon qila
oladi;
so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish va bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilgan
holda yoza oladi;
o‘rganilgan so‘zlar va sodda gaplarni, tabriknoma, xat, so‘rovnoma
ma’lumotlarini to‘g‘ri yoza oladi;
25 — 30 so‘zdan iborat diktant matnini husnixat talablari asosida yoza oladi.
A1+
savollar va gaplarni, eshittirilgan qisqa matn, suhbat, qo‘shiq va she’rlarni
tushuna oladi;
so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilgan holda yoza oladi;
xalq og‘zaki ijodi (topishmoq, maqol, tez aytish, ertak) va bolalar adabiyoti
namunalaridan olingan hikoya, she’rlarni o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlab
bera oladi, mavzu yuzasidan yoshiga mos tarzda qisqa taqdimot qila oladi.
A2
audio-video vositalar orqali eshittirilgan xabarlar, ommabop va kundalik
hayot mavzusidagi yangiliklarni tushuna oladi;



138
o‘rganilgan mavzularda o‘zaro suhbatlasha oladi va bahslarda ishtirok eta


oladi;
suhbat jarayonida murojaat etish shakllarini, muomala odobi (etiket)
elementlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi va fikrga munosabat bildira oladi;
suhbatdoshining gapini bo‘lish, suhbatga qo‘shilish va unga aniqlik kiritish,
nutqini sekinlashtirishga undash vositalaridan foydalana oladi;
ommabop materiallarni (gazeta, shaxsiy va elektron xatlar) o‘qib tushunadi va
mazmunini so‘zlay oladi;
o‘rganilgan matnlar asosida 1300 ta so‘zni nutqida qo‘llay oladi;
matnni (badiiy asardan parcha, hikoya, xabar) bir daqiqada 70 — 75 so‘z
tezligida o‘qiy oladi;
70 — 80 so‘zdan iborat matn asosida diktant; 90 — 100 so‘zli matn asosida
bayon yoza oladi; 11 — 15 gap hajmida matn tuza oladi;
ayrim ish qog‘ozlarini (ariza, tarjimai hol, e’lon, tushuntirish xatini) yoza
oladi.
A2+
ko‘rgan yoki eshitgan voqea-hodisani, hikoya, ertak, matn mazmunini gapirib
bera oladi, unga munosabat bildira oladi;
o‘zbek tiliga xos nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi.
B1
shaxsiy qiziqishlari va kasbiga oid axborot va ma’lumotlarni tinglab tushuna
oladi;
ijtimoiy va kasbga yo‘naltirilgan mavzulardagi ommabop suhbatlarni, bahs-
munozaralarni tushuna oladi, erkin suhbatlasha oladi, o‘z rejalarini tushuntira
oladi;
bayoniy va tavsifiy matnlar tuza oladi, matnni kengaytirib, qisqartirib so‘zlab
bera oladi;
kasbiy mavzularda taqdimot qila oladi, o‘qilgan va ko‘rilgan asar haqidagi
taassuroti va unga munosabatini bayon qila oladi;
o‘zbek tilida faol qo‘llanadigan 1500 ta so‘zni va 50 dan ortiq iboralarni
nutqida qo‘llay oladi;
90 — 100 so‘zdan iborat matn asosida diktant yoza oladi, 2 — 2,5 bet
hajmida ijodiy matn tuza oladi.
B1+
Kasbiy mavzularda taqdimot qila oladi, o‘qilgan asar va film haqidagi
taassuroti va munosabatini bayon qila oladi;
ma’muriy ish qog‘ozlari, mutaxassislikka oid ichki hujjatlar, hisobotlar va
boshqa yozma topshiriqlarni imlo qoidalari asosida to‘g‘ri yoza oladi;
kasb-hunarga oid lug‘at minimumini, o‘zbek tilining milliy-madaniy
leksikasini, ma’nodosh, shakldosh, uslubiy bo‘yoqdor so‘zlarni nutqda to‘g‘ri
qo‘llay oladi.
2. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, 
leksika, grammatika va uslubiyat):
A1



139
o‘zbek tilining nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi va husnixat talablari


asosida yoza oladi;
fikrni bayon qilish uchun zarur bo‘lgan sodda grammatik vositalarni og‘zaki
va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
sodda gaplar tuza oladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin