O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə157/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

sochiq, sovun, taroq, toza so‘zlari (2 soat);
Kim nima qilyapti? nima bilan? so‘roqlari (1 soat)
Nutq namunalari: yuzini yuvyapti, sochiq bilan artyapti, tishini tozalayapti,
sochini tarayapti; Kim nima qilyapti? Botir yuzini yuvyapti? Bahrom-chi? U nima
qilyapti? kabilar.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar 
Tinglab tushunish va so‘zlash: tana a’zolari nomlarini, Kim nima qilyapti?
Nima bilan? so‘roqlarini tushuna olish va ularga javob bera olish, rasmlar asosida
suhbatlasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: tana a’zolari nomlari, belgilar va
faoliyatini ifodalovchi so‘zlar hamda birikmalarni to‘g‘ri talaffuz qila olish va yoza
olish.


150
44-46-mavzu. Kiyimlar. (3 soat, A1+: 4 soat) 


Lug‘at: ko‘ylak, shim, do‘ppi, ro‘mol, qalpoq, etik kabi faol so‘zlar
(1 soat); yangi, eski, tor, yaxshi kabi belgi bildiruvchi so‘zlari; kiyyapti, 
kiymayapti, o‘rayapti, tozalayapti, bog‘layapti, bog‘lamayapti kabi so‘zlar
(1 soat);
-ma bo‘lishsizlik qo‘shimchasi (1 soat)
Nutq namunalari: Bu o‘g‘il bolalar ko‘ylagimi? Yo‘q, bu qiz bolalar
ko‘ylagi. Bu etik yangimi? Ha, bu etik yangi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar 
Tinglab tushunish va so‘zlash: Kiyim-kechaklar nomlarini, Kim nima
qilmayapti? so‘roqlarini tinglab tushuna olish va ularga o‘rganilgan vositalar
asosida javob bera olish. Mavzu bo‘yicha beriladigan topshiriqlarni tushuna olish,
mavzular yoki rasmlar asosida 1-2 savol-javob tarzida suhbatlasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: kiyim-kechaklar nomlarini, Kim nima
qilmayapti? so‘roqlarini faoliyatini ifodalovchi so‘zlar hamda birikmalarni to‘g‘ri
talaffuz qila olish va yoza olish.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin