O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə18/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

Boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.
2. Amaliy fonetika va grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
Savodga o‘rgatish jarayoni ikki davrni: alifbegacha tayyorlov va alifbe
davriga ajratiladi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning
tahlil-tarkib tovush usulida amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilar nutqini yangi
so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limi o‘quvchilarda nutqiy faoliyatning
asosiy turlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Shuning uchun ona tili o‘quv fani
mazmunini nutq tovushlari, yozma nutqda tovushlarning ifodalanishi, so‘z
turkumlari, ularning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi, so‘zlarning
morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik-semantik guruhlari, imlo
qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishiga doir bilimlar tashkil etadi.
5-9-sinflarda ona tili fonetikasi, leksikasi, morfologiya va sintaksisini tizimli
va amaliy samarali o‘rganish natijasida ta’lim oluvchiga tilshunoslik fani asoslarini
berish emas, balki ayni bir narsa-hodisani atash, fikrni ifodalash uchun ona tilida



20
o‘nlab imkoniyatlar borligini, xilma-xil shakl va ko‘rinishlarga ega bo‘lgan bunday


rang-barang imkoniyatlarning har birining o‘z ifoda va ta’sir xususiyatini
o‘quvchiga yetkazish, unda mana shu jihatlarni ilg‘ay olish, bunda axborot
resurslariga murojaat qilish madaniyatini shakllantirish, har bir shakl va
imkoniyatdan o‘z o‘rnida foydalana olish malakalarini rivojlantirishdir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili ta’limida o‘rganilgan o‘quv
materiallarning akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida aynan takrorlanmasligi,
o‘quvchilarning yoshi, psixo-fiziologik xususiyatlari, umumiy o‘rta ta’lim
tayyorgarligiga mos kelishi hamda grammatik materiallarni asta-sekin, oddiydan
murakkabga tomon borish tamoyiliga asoslanishi e’tiborga olingan.
Shuningdek, ona tili chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan
umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va
samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi qobiliyat va iste’dodni yanada kamol
toptirish uchun ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturi kompetensiyalarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturiga moslashtirildi. Bunda yillik o‘quv
soatlari A2 bosqichda 646 soat bo‘lsa, A2+ bosqichda esa 986 soatni tashkil etadi.
Buning uchun o‘quv dasturida qo‘shimcha ikki soat vaqt ajratilgan. Bu ikki
soatning bir soati (34 soat) oddiy sinflar (A2) uchun tuzilgan o‘quv dasturi
mavzulari tarkibida berildi, ikkinchi soati esa, “Nutq madaniyati” yondosh dasturi
uchun ajratildi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalar bilan
birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Bunga
ko‘ra, ona tili fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi tayanch
kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin